Yangiliklar

Hech kim mehr va e'tibordan chetda qolmasin

Navoiy shahar 5- IDUM da hech kim mehr va e'tibordan chetda qolmasin shiorini qalbiga jo etgan ta'lim fidoiylari karreksion sinf xonasiga tashrif buyurar ekan, ko'zlaridan samimiyat ufurib turgan o'g'il-qizlarning shodligidan mamnun bo'lishdi.

Tashrif chog‘ida ta’lim fidoyilari tomonidan Daun sindromli bolalar ta’lim-tarbiyasi o‘rganilib, bir qancha xulosa va takliflar berildi.

AQShda joylashgan Daun sindromi bo‘lgan shaxslar uchun dunyo miqyosidagi yetakchi tashkiloti Milliy Daun sindromi jamiyati (The National Down Syndrome Society) ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi o‘n yillarda Daun sindromi bo‘lgan odamlarning umr ko‘rish davomiyligi keskin oshgan — 1983 yildagi 25 yoshdan bugungi kunda 60 yoshga yetgan. Aslida bunday katta umr ko‘rish ijtimoiy va tibbiy taraqqiyotning ajoyib yutuqlaridan dalolat beradi. 

Aynan Daun sindromi bo‘lgan bolalar va kattalar ijtimoiylashuv va jamiyatdagi ijobiy munosabat tufayli uzoq umr ko‘rishadi — bu nafaqat nogironligi bo‘lgan, balki nogironligi bo‘lmagan shaxslarga ham taalluqli. To‘g‘ri, Daun sindromi bo‘lgan shaxslar boshqalarga qaraganda sekinroq fikrlashlari va ma’lumotni o‘zlashtirishga ko‘p vaqt talab qilishlari mumkin. Ammo ularning harakat qilish va ko‘rinishi o‘xshash bo‘lishi mumkin bo‘lsa-da, har bir Daun sindromli bola turli xil qobiliyatlarga ega bo‘ladi.

Daun sindromi bo‘lgan bolalar o‘qiy oladi. Daun sindromi bo‘lgan bolalar to‘laqonli hayot kechira oladi. To‘g‘ri boshqalarga nisbatan sal murakkabrok, balki qiyinchilik bordir… Shu qiyinchiliklarni yengib, o‘tib bolani jamiyatda o‘zini dostoyniy (munosib) joyini topishga intilayapti hozir. Shuning uchun bizning eng asosiy vazifamiz shuki — ota-onalar bir joyda, davlat organlari ikkinchi joyda, jamiyat uchinchi joyda, bir birimizga ko‘prik qo‘yishimiz kerak»

;