Yangiliklar

Yaponiya xalkaro hamkorlik agentligi JICA ning “Maktabgacha ta’limda inklyuziv ta’lim amaliyotini mustahkamlash” nomli loyihasi

Joriy yilning 18-28 iyul kunlari Yaponiya xalkaro hamkorlik agentligi JICA ning “Maktabgacha ta’limda inklyuziv ta’lim amaliyotini mustahkamlash” nomli loyihasi doirasida “Inklyuziv ta’lim tajribasini rivojlantirish” mavzusida Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika tashxis markazi Inklyuziv ta’lim laboratoriyasi, Respublika ta’lim markazi, A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy tadqiqot instituti mutaxassislari, Toshkent shahar va Toshkent viloyatidagi umumta’lim maktablarining inklyuziv sinflarida faoliyat olib borayotgan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridan iborat 24 nafar mas’ul mutaxassislari uchun o‘quv-trening mashg‘uloti o‘tkazildi. O‘quv-trening mashg‘uloti yakunida mentor sifatida Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari T.Komilov va loyiha rahbari Kohei Horiba tomonidan imzolangan sertifikatlar olishdi.

;