Yangiliklar

Umumtaʼlim maktablari psixologlariga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida sinflar kesimida yaratilgan namunaviy yangi ish reja va majmualarni yanada takomillashtirishda tahlil va muhokama qilish jarayoni

2022-yil 9-avgust kuni Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis  markazida  Toshkent shahri umutaʼlim muassasalarining tajribali 20 nafar psixologlaridan iborat  ishchi guruhlar  markaz mutaxassislari tomonidan 2022-2023 oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarida psixologik xizmat samaradorligini oshirish, oʻquvchilarni ularning qiziqishlari va iqtidorlari asosida kasb-hunarga toʻgʻri yoʻnaltirish ishlarini tashkil etish hamda bu borada umumtaʼlim maktablari psixologlariga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida sinflar kesimida yaratilgan namunaviy yangi ish reja va majmualarni yanada takomillashtirishda ekspert sifatida ishtirok etdilar.

Maktab amaliyotchi psixologlaridan iborat ishchi guruh aʼzolari tomonidan taqdim etilgan majmualar va namunaviy ish reja maʼqullanib, ayrim  mavzularga oʻzgartishlar kiritish boʻyicha taklif va xulosalar bildirildi va taqrizlar taqdim etildi.

;