Yangiliklar

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga psixologik yordam berish

     Ayollar daftari — ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qoʻllab-quvvatlashga, bilim va kasb oʻrganishga ehtiyoji va ishtiyoqi boʻlgan, ishsiz xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish boʻyicha maʼlumotlar bazasidir!

     Xabaringiz bor umumtaʼlim muassasalarining malakali psixologlari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin qizlarni qoʻllab quvvatlash borasida bir qator amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

 

  Bugun 12-avgust kuni Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi, Oila va xotin-qizlar davlat  qoʻmitasi hamda Jizzax viloyatining "Istiqlol avlodi" ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy qoʻllab-quvvatlash markazi bilan hamkorlikda  umumtaʼlim muassasalarining “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga psixologik yordam berish uchun MFYlarga biriktirilgan malakali psixologlari uchun amaliy seminar tashkil etildi.

;