GAYNUTDINOVA LILIYA RIFXATOVNA

  • MEHNAT FAOLIYATI
    1991-1992 yy.- M.Ulug‘bek tumanidagi 223-maktab tarix o'qituvchisi 1991-1995 yy.- Keles shahridagi 32-maktabda geografiya o‘qituvchisi 1995-1996 yy.- M.Ulug‘bek tumani 42-sonli kasb-xunar kollejida ruhshunos 1998-2000 yy.- M.Ulug‘bek tumanidagi 205-o‘rta maktabning tarix o‘qituvchisi 2000-2001 yy.- M.Ulug‘bek tumani xalq ta’limi bo‘limi Tashxis markazi rahbari 2002-2006 yy.- M.Ulug‘bek tumanidagi 49-maktab direktori 2007-2007 yy.- O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Dipxorijxizmat” boshqarmasining yetakchi mutaxassisi 2007-2008 yy.- Shayxontoxur tumanidagi 19-maktab direktori 2008-2009 yy.- Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi maktabdan tashqari sektorining 1-toifali mutaxassisi 2009-2011 yy.- Toshkent shahar Tashxis markazi rahbari 2011-2013 yy.- O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik – pedagogik Respublika tashxis Markazining “Ta’lim muassasalarida psixologik xizmat” bo‘limi boshlig‘i, Toshkent shahar vakili v.b. 2013-2014 yy - Toshkent shahar pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti "Pedagogika, psixologiya, pedagogik menejment" kafedrasi katta ukituvchisi 2014-2017 yy - Toshkent shahar pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti "Pedagogika, psixologiya, pedagogik menejment" kafedra mudirasi 2017-2019 yy -A.Avloniy nomidagi Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning A.Avloniy nomidagi Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining “ Ta’limni boshqarish nazariyasi va amaliyoti “ kafedrasi katta o‘qituvchisi 2019 y - x.v - O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi v.b direktori
  • Respublika tashxis markazi direktori ning asosiy vazifalari:
    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar hamda Markaz Nizom talablariga rioya qilish; Markaz faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, uning o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlarini samarali tashkil etish; Xodimlarni belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish; O‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida majburiyatlarni taqsimlash, alohida bo‘limlar va sho‘’balariga rahbarlik qilish borasida o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarlik darajasini belgilash; Markaz o‘rinbosarlarining va bo‘lim boshliqlarining hisobotlarini eshitish; Qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarga ajratilgan mablag‘lar doirasida qo‘shimcha pul, mukofot va boshqa pullarni to‘lash tartibi va shartlarini belgilash; Markaz faoliyatiga taalluqli masalalar bo‘yicha tezkor majlislar o‘tkazish; Mahalliy va xorijiy tashkilotlarda Markazni ifoda etish; Yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy shaxslar va tashkilotlar bilan shartnoma va bitimlar tuzish; Vazirlikda Markaz manfaatlarini ifodalash, shuningdek, Markaz faoliyatiga doir hisobotlar taqdim etish; Belgilangan tartibda Markaz mulki va mablag‘larini tasarruf etish; O‘z vakolatlari doirasida buyruqlar chiqarish va ishonchnomalar berish; Xodimlarni intizomiy jazoga tortish va rag‘batlantirish masalalarini hal qilish; Olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot va ilmiy-metodik ishlarni muvofiqlashtirish; Ichki tartib qoidalarni tasdiqlash va ularning xodimlar tomonidan bajarilishini nazorat qilish; Jamoa ichida sog‘lom ma’naviy va ijodiy muhitni shakllantirish choralarini ko‘rish; Markaz vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish va Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob berish; Sanitariya-gigiyenik, mehnatni muhofaza qilish qoidalari, texnik va yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini ta’minlash; Direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
;