Boʻlimning asosiy vazifalari:
Hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boshqaruv organlari va tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari “Bolalarni ijtimoiy-psixologik qoʻllab-quvvatlash va inklyuziv taʼlim shoʻbasi”ning psixolog-metodistlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
maktab psixologlarining bilim darajasi va amaliy koʻnikmalarini oshirish, shuningdek, ularni metodik taʼminlash, tarbiya masalalarida voyaga yetmaganlar bilan ishlash texnologiyalari bilan taʼminlash;
oʻsmirlarni ijtimoiy reabilitatsiya va reintegratsiya ishlarini samarali tashkil etish, ularga ijtimoiy-psixologik yordam koʻrsatish;
pedagogik jamoalarda sogʻlom psixologik muhitni yaratish va qoʻllab-quvvatlash, jamoa aʼzolarining hissiy-emotsional holatlari, shaxslararo munosabatlar va ziddiyatli xatti-harakatlarni korreksiyalash, ularning psixologik madaniyatini yuksaltirish;
Boʻlim oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1) hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boshqaruv organlari va tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari “Bolalarni ijtimoiy-psixologik qoʻllab-quvvatlash va inklyuziv taʼlim shoʻbasi”ning psixolog-metodistlari faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida;
boʻlimning asosiy faoliyati doirasida vatanimiz va chet ellardagi ilgʻor uslub va tajribalarni oʻrganish va ommalashtirish, joylardagi mutaxassislarga maslahatlar berish, metodik, meʼyoriy hujjat va yoʻriqnomalar ishlab chiqish;
umumtaʼlim maktablarida psixologik xizmatni takomillashtirish, psixologlarni metodik qoʻllab-quvvatlash va professional rivojlantirish va mutaxassis kadrlar bilan taʼminlash boʻyicha uzluksiz monitoring yuritish;
ijtimoiy-psixologik xizmatni yanada rivojlanishini nazarda tutadigan zamonaviy metodikalarni va dasturlarni, shuningdek, ularni amalga oshirish mexanizmlari boʻyicha Markaz rahbariyatiga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritish.
2) maktab psixologlarining bilim darajasi va amaliy koʻnikmalarini oshirish, shuningdek, ularni metodik taʼminlash, tarbiya masalalarida voyaga yetmaganlar bilan ishlash texnologiyalari bilan taʼminlash sohasida;
ilmiy tadqiqotlarni olib borish, ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va amaliyotga tatbiq etish hamda ilmiy konferensiyalar va seminarlarni tashkil etish va oʻtkazish;
ish faoliyatda qoʻllash mumkin boʻlgan metodika va trening mashgʻulotlarini aprobatsiyadan oʻtkazish;
yillik ish rejalar metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash;
ilmiy metodik kengash qarorlari ijrosini taʼminlash va qarorlar ijrosi yuzasidan hisobot berish, berilgan topshiriqlarning belgilangan muddatlarda bajarilishini taʼminlash.
3) oʻsmirlarni ijtimoiy reabilitatsiya va reintegratsiya ishlarini samarali tashkil etish, ularga ijtimoiy-psixologik yordam koʻrsatish sohasida;
turli yosh davrlarida oʻquvchilarning shaxsiy, aqliy va ijtimoiy rivojlanishini psixologik jihatdan kuzatib borish, taʼlim-tarbiyadagi psixologik nuqsonlarni aniqlash, ularning aqliy taraqqiyotida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday salbiy ogʻishlarning oldini olish;
oʻquvchi-yoshlarning psixologik salomatligini muhofaza qilish, ularning barqaror ijtimoiy va intellektual rivojlanishini taʼminlash;
inqiroz yoki favqulodda vaziyatlardan (migratsiya, repatriatsiya, epidemiya, tabiiy ofat va boshqalar) aziyat chekkan bolalar va kattalarga kompleks ijtimoiy-psixologik yordam koʻrsatishda koʻp tarmoqli yondashuvlarni tashkil etish;
repatriatsiya natijasida kelgan oila va ularning farzandlari bilan barcha psixologik ishlarni rejalashtirish (moslashuv, reintegratsiya, diagnostika, korreksiya, profilaktika, maʼnaviy maʼrifat tadbirlar)ni, amalga oshirilgan ishlarni nazorat qilish hamda maʼlumotlarni tahlil qilib borish va doimiy monitoringini oʻtkazish;
oʻquv fanlarni past oʻzlashtiruvchi oʻquvchilar bilan ishlash boʻyicha korreksion dasturlarni ishlab chiqish va pedagoglar, ota-onalar uchun tavsiyalar tayyorlash;
mahalliy darajadagi mutaxassislar (ijtimoiy himoya, sogʻliqni saqlash organlari, mahalla, huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari va boshqalar) jamoasi tarkibida qiyin ahvolga tushib qolgan bolalarga ijtimoiy-psixologik yordam koʻrsatish;
oʻquvchilar taʼlim muassasasining ijtimoiy muhitiga moslasha olmasligi holatlarini korreksiyalash, ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilish boʻyicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish;
maktab taʼlimi tizimidagi barcha umumtaʼlim muassasalari, institutsion taʼlim muassasalari, Mehribonlik uylari, voyaga yetmaganlar uchun ixtisoslashtirilgan oʻquv tarbiya muassasalari pedagoglari, psixologlari, oʻquvchilari, ularning ota-onalari va ularni oʻrnini bosuvchi shaxslar uchun psixologik-pedagogik metodikalarni tayyorlash, aprobatsiyadan oʻtkazish va treninglarni tashkil etishda amaliy yordam koʻrsatish;
4) pedagogik jamoalarda sogʻlom psixologik muhitni yaratish va qoʻllab-quvvatlash, jamoa aʼzolarining hissiy-emotsional holatlari, shaxslararo munosabatlar va ziddiyatli xatti-harakatlarni korreksiyalash, ularning psixologik madaniyatini yuksaltirish;
oʻqituvchilarda kasbiy stress va emotsional soʻnish holatlari profilaktikasi maqsadida psixologik tadbirlarni muntazam yoʻlga qoʻyish;
maxsus koping va stress boshqaruvi koʻnikmalarini shakllantirish;
jamoada pedagoglarning psixik salomatligini saqlash va mustahkamlashga imkon tugʻdiruvchi qulay muhitni shakllantirish;
“qizil hudud” tarkibida boʻlgan taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish boʻyicha diagnostik, korreksion va profilaktik dasturlar asosida ishlarni tashkil etish;
pedagog xodimlar, oʻquvchilar hamda ota-onalarning psixologik-pedagogik bilimlarini oshirishga koʻmaklashish, pedagog xodimlar, ota-onalar va jamoat tashkilotlarining samarali hamkorligini taʼminlash;
vasiylik va homiylik organlarini oila tuzilishining alternativ shakllarini taqdim etadigan oilalarga ijtimoiy-psixologik xizmatlarni koʻrsatishda qoʻllab-quvvatlash;
ijtimoiy-psixologik xizmatga muhtoj xotin-qizlar va oilalarga koʻrsatilayotgan ijtimoiy-psixologik xizmatlar sifatini oshirish va doimiy ravishda monitoring olib borish;