Kasbga yo‘naltirish ishlarini tashkil etish va metodik ta'minot bo'limi

Kasbga yo‘naltirish ishlarini tashkil etish va metodika ta'minoti bo'limi bo‘limining asosiy vazifalari:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar hamda Markaz Nizom talablariga rioya qilish;

Umumta’lim muassasalari bitiruvchilari o‘zining iqtidori va qiziqishlariga mos kasbni tanlab olishi, mehnat bozorida munosib o‘rnini topishi, kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatga erishishi uchun “Kasbga yo‘naltirish tizimi” hamda  ilg‘or tajribalarga asoslangan kasb-hunarga yo‘naltirishning zamonaviy shakl va uslublarini joriy etish;

“Kasbga yo‘naltirish tizimi” faoliyatini metodik qo'llab-quvvatlash;

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 7-11-sinf o‘quvchilarini kasbiy qiziqishlari va qobiliyatlarini aniqlash bo‘yicha psixodiagnostik metodikalar jamlanmasi, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidan kelib chiqqan holda kasblarga bo‘lgan layoqatini aniqlash so‘rovnomalarni o‘tkazish bo‘yicha yagona onlayn platformani va ularning ma’lumotlar bazasini yaratish;

Ilmiy tadqiqotlarni olib borish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish hamda ilmiy konferensiyalar va seminarlarni tashkil etish va o‘tkazish

;