Gender tenglik

          Gender – xotin-qizlar va erkaklar o’rtasidagi munosabatlarning jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, ta’lim hamda ilm-fan sohalarida namoyon bo’ladigan ijtimoiy jihat hisoblanadi.

O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tizimida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash bo’yicha vakolatli shaxs

     O’zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to’g’risida” 2019-yil 2-sentabrdagi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2020-yil 20-apreldagi 07/2-107-sonli topshirig’i hamda O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 28-maydagi 132-son buynig’iga muvofiq O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash masalalari boyicha maslahat-kengashi faoliyati tashkil etish maqsadida markazning 2020-yil 4-iyunida 36-sonli buyrug’i qabul qilingan.

     Mazkur buyruqqa ko’ra, O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tizimida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash bo’yicha ijtimoiy psixologik xizmat bo’limi boshlig’i Axmedova Limona Niyazovna vakolatli shaxs etib belgilangan.

     O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi Ijtimoiy psixologik xizmat bo’limi boshlig’i Axmedova Limona Niyazovnaning fuqarolarni qabul qilish kuni har payshanba soat 15:00 dan 17:00 gacha etib belgilangan.

 

O’zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari to’g’risida”gi 2019 yil 2-sentyabrdagi qonuni O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2020 yil 20 apreldagi 07/2-107-sonli topshirig’i hamda O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2020 yil 28 maydagi 132-sonli buyrug’i yuzasidan O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazida  amalga oshirilgan ishlar

  1. Davlat organida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo’yicha Maslahat-kengashi faoliyati yo’lga qo’yilganligi (Ichki idoraviy hujjat qabul qilingan sanasi va raqami);

     O’zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari to’g’risida”gi 2019 yil 2-sentyabrdagi qonuni O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2020 yil 20 apreldagi 07/2-107-sonli topshirig’i hamda O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2020 yil 28 maydagi 132-sonli buyrug’iga asosan O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis  markazning xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarini ta’minlash masalalari bo’yicha maslahat kengashi faoliyatini tashkil etish bo’yicha 2020 yil  4 iyundagi 36-sonli buyrug’i chiqarildi.

  1. Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarning ta’minlanishi vakolatli shaxs zimmasiga yuklatilganligi

        O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis  markazning xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarini ta’minlash masalalari bo’yicha maslahat kengashi faoliyatini tashkil etish hamda imkoniyatlarining ta’minlash vakolatini L.N.Axmedovaga yuklash  bo’yicha 2020 yil  4 iyundagi 36/1- sonli buyrug’i chiqarildi.

  1. Davlat organida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasida davlat dasturlari, milliy harakatlar rejalarini va strategiyalarni ishlab chiqishdagi ishtiroki hamda ushbu yo’nalishda qabul qilingan hujjatlarning amalga oshirishdagi ishtiroki holati.

         Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashining 2021 yil 27 apreldagi 2-sonli majlisi bayonnomasida belgilangan vazifalar yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirildi. Xususan: Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashining 2021 yil 27 apreldagi 2-sonli majlisi bayonnomasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 2021 yil 19 maydagi 02-71-sonli chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanib ijroga yo’naltirildi.

      Mazkur chora-tadbirning birinchi (11) bandida maktab o’quvchilari uchun oiladagi zo’ravonlikning oldini olishga, oilada er-xotin o’rtasida erta yoshdan hurmat bilan munosabatda bo’lish qadriyatlarini shakllantirishga qaratilgan fakultativ mashg’ulotlar dasturini ishlab chiqish maqsadida Xalq ta’limi vazirligining Respublika tashxis markazi tomonidan maktab o’quvchilari uchun oiladagi zo’ravonlikning oldini olishga, oilada er-xotin o’rtasida erta yoshdan hurmat bilan munosabatda bo’lish qadriyatlarini shakllantirishga qaratilgan 7-, 8-, 9-, 10-, 11-sinflar uchun “Oilaviy zo’ravonlikning oldini olish va gender tenglik ” fakultativ mashg’ulotlar dasturi ishlab chiqildi.

      “Ijtimoiy himoyaga muhtoj va og’ir turmush sharoitda yashayotgan xotin-qizlar va erkaklarni qo’llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar” doirasida O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan “Oilaviy zo’ravonlikdan aziyat chekkan ayollarga ijtimoiy-psixologik yordam berish" mavzusida uslubiy qo’llanma, “Ruhiy tushkunlikdan chiqish hamda hayotda muvaffaqiyatga erishish bo’yicha treninglar” majmuasi, “Oilaviy zo’ravonlikdan aziyat chekkan ayollarga ijtimoiy-psixologik yordam berish"(Test va so’rovnomalar) majmuasi tayyorlandi.

  O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan “Oilaviy va maishiy zo’ravonliklarni oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga chek qo’yishga qaratilgan chora-tadbirlarning 2021-2022-yillarda amalga oshirish bo’yicha dastur” yuzasidan viloyat xalq ta’limi boshqarmasining chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi,  joylarga yetkazildi bandalar ijrosi bo’yicha doimiy monitoring olib borilmoqda.

    “Mexr - 1, 2, 3, 5” insonparvarlik operatsiyasi doirasida Suriya va Iroq davlatlaridan qaytarib olib kelingan ayollar va qizlarga ijtimoiy –psixologik qo’llab quvvatlash tadbirlari amalga oshirildi. Ularning gender tenglikni ta’minlashda,  huquq va shaxs sifatida moslashuv va reintegratsiya jarayonida faol ishtirok etildi.

  1. Davlat organida xotin-qizlar va erkaklarning tengligini ta’minlash masalalari yuzasidan kadrlarning kasbiy tayyorgarligi tizimini takomillashtirish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar ahvoli;

       O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis  markazida  jami 53 nafar shtat birligi ajratilgan bo’lsa, shulardan 5 ta shtat birligi vakant. Ishlayotgan 48 nafar xodimlardan  25 (52 %) nafar ayol 23 (48 %) nafar erkak xodimlar mavjud.   23 nafar ayol xodilardan  20 (86 %) nafari oliy ma’lumotli.

  1. Davlat organida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo’yicha fuqarolarning madaniyat darajasini va xabardorligini oshirish yuzasidan ko’rilgan choralar;

    UNICEF xalqaro tashkiloti bilan “Gender tenglikni mustahkamlash va qurolli mojaro zonalaridan qaytgan bolalar va ayollarni psixologik qo’llab-quvvatlash sifatini yaxshilash” hamkorlik loyihasi doirasida “Kasbiy rivojlanish” platformasi yaratildi va xalqaro ekspertlar yordamida “Mintaqada maxsus xizmatlar bo’lmagan sharoitlarda gender zo’ravonlikni o’zidan kechirgan insonlarga yordam berish” qisqa muddatli o’quv kurslari yaratildi va traningspace-tashxis.uz platformaga joylashtirildi. Mazkur kurslarni muvofaqiyatli tugatib  7983  nafar psixolog va pedagoglar sertifikatlar oldi.

     Xalq ta’limi vazirlikning topshirig’iga ko’ra (07.05.2021., 02-06/1-1395-son) 2021 yil 12 may kuni IIV bilan hamkorlikda karantin qoidalariga rioya qilgan holda umumta’lim maktablarining 8-11 sinf o’quvchilari uchun “Himoya orderi va uning oilalardagi zo’ravonliklarni oldini olish bo’yicha vazifalari”  hamda  “Himoya orderi qanchalik zarur?” mavzusida davra suhbatlari tashkil etildi. Tadbir doirasida 300 000ga yaqin o’quvchilar qamrab olindi. Tadbirda joylardagi ichki ishlar inspektorlari ishtirok etishdi.

       2021 yil  17 iyun kuni umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan o’quvchi-qizlar, qolaversa ularning onalari, tizimdagi pedagog ayollarning huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi va Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda “Oiladagi zo’ravonliklarni oldini olish, oiladagi zo’ravonliklardan jabr ko’rganlarga himoya orderining ahamiyati” onlayn ochiq muloqoti o’tkazildi.

      Xalq ta’limi vazirining 2021 yil 05 apreldagi 2973-R-sonli topshirig’iga binoan, Respublika tashxis markazi tomonidan “Xalq ta’limi tizimidagi o’quvchi va pedagoglarning hayotiy hamda psixologik bilim-ko’nikmalarini oshirish mexanizmlarini yaratish” loyihasi doirasida “Gender tenglik” va “Gender stereotiplari” nomidagi 2ta animatsion film yaratildi hamda educare.uzedu.uz maxsus axborot portaliga joylashtirildi.

       2021-yil 4-avgustdagi “Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash bo’yicha Respublika komissiyasi kengaytirilgan yig’ilishining 6-sonli bayoni ijrosi yuzasidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan psixologik ko’makka muhtoj xotin-qizlarga malakali psixologlar tomonidan psixologik yordamlarni ko’rsatish ishlarini tashkil etish bo’yicha O’quvchilarni-kasb hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan 2021 yilning 19-20 avgust kunlari hududiy xalq ta’limi boshqarmasi pedagogik-psixologik tashxis faoliyatini tashkil etish sho’’basi xodimlari, tuman (shahar) xalq ta’limi bo’limidagi Bolalarni ijtimoiy-psixologik qo’llab-quvvatlash markazi metodistlari hamda barcha umumta’lim maktab psixologlari uchun o’quv amaliy seminar tashkil etildi. O’quv amaliy seminarda 206 ta tuman (shahar) xalq ta’limi bo’limining 398 nafar metodistlari, 8374 nafar umumta’lim maktabining psixologlari ishtirok etishdi. O’quv amaliy seminarda Xalq ta’limi vazirining o’rinbosari V.Rajapov bugungi kunda olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar, amalga oshirilishi kerak bo’lgan muhim ustuvor vazifalar haqida, Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi Ayollar reabilitatsiya va moslashtirish respublika markazi direktori M.Rasulova, UNICEF ning O’zbekistondagi vakolatxonasi milliy maslahatchisi, ijtimoiy ish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi milliy guruhining a’zosi Yu.Umarbekova, Fuqarolik tashabbuslarni qo’llab-quvvatlash markazi xodimi UNFPA BMTning  Aholishunoslik Jamg’armasining O’zbekistondagi vakolatxonasi milliy maslahatchisi V.Yermetova, Respublika bolalarni ijtimoiy moslashuv markazi “Ijtimoiy ish” bo’limi rahbari D.Xusanova, trener-psixolog M.Uzaqovalar o’zlarining ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tuman (shahar)lar kesimida “Ayollar daftari”ga kiritilgan 40 264 nafar psixologik ko’makka muhtoj xotin-qizlar uchun seminar-treninglar o’tkazildi.

     O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan 2021 yil 22 noyabr kuni “Xalq ta’limi tizimida psixologik xizmatda innovatsion yondashuv” mavzusidagi forum tashkil etildi.Forumda Qoraqalpog’iston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, 12 ta hududiy viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, hamda Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasining 14 nafar Pedagogik-psixologik tashxis faoliyatini tashkil etish sho’’basi mudirilari,  71 nafar maktab psixologlari 15 nafar inspektor-psixologlar jami 100 nafar psixologlar ishtirok etdi. Forum dasturi asosida hamkor tashkilot vakillari yani Respublika Bosh prokuratura prokurori Ulug’bek Oqbo’taev “Voyaga yetmaganlar o’rtasida jinoyatchilik, huquqbuzarlik holatlarini oldini olish”, Ichki Ishlar Vazirligi huquqbuzarliklar bosh boshqarmasi bo’lim boshlig’i F.Usarov “Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar”, UNICEF ning O’zbekistondagi vakolatxonasi bolalarni himoyalash milliy eksperti G.Nigmatjonova “Bolalar va ularning oilalari bilan ishlashda ruhiy shikastlanishdan xabardorlikka asoslangan yondashuvlar” mavzusida, TDYuU kata o’qituvchisi yuridik fanlar bo’yicha falsafa doktori K.Aliyeva “Xotin-qizlar va bolalarga nisbatan oilaviy zo’ravonlikka qarshi kurashda maktab psixologlarining o’rni” ma’ruzalar qilindi.

    2021-yil 6-dekabr kuni O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 8-noyabrdagi 06-133-son bilan tasdiqlangan “2021 yil 25 noyabrdan 10 dekabrgacha Xalq ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalarida “Zo’ravonlikka qarshi 16 kun” kampaniyasi doirasida “Xotin-qizlar va voyaga yetmagan yoshlar orasida turli turdagi zo’ravonlik ko’rinishlarini  oldini olish” mavzusida Yoshlar ishlari agentligi binosida davra suhbati o’tkazildi. Ushbu tadbirda Toshkent shahar Bosh boshqarmasi tasarrufidan tuman (shahar) Bolalarni ijtimoiy-psixologik qo’llab-quvvatlash markazlari metodistlari va 50 dan ortiq maktab psixologlari, hududlarda faoliyat olib borayotgan xalq ta’limi boshqarmalarining Psixologik-pedagogik tashxis faoliyati tashkil etish sho’’balari hamda tuman (shahar) xalq ta’limi bo’limlari Bolalarni ijtimoiy-psixologik qo’llab-quvvatlash markazlari metodistlari o’zlari bilan birga 10 nafardan psixologlar ishtirokida jami 2 300 ga yaqin mutaxassislar zoom dasturi orqali onlayn ishtirok etdilar.  Davra suhbatini O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining maslahatchisi G’.Shoumarov hamda Respublika tashxis markazi direktori L.Gaynutdinovalar ochib berdilar. Tadbirda UNICEF ning O’zbekistondagi vakolatxonasi Bolalar himoyasi bo’limi rahbari A.Lyudek, BMTning aholishunoslik bo’yicha jamg’armasining O’zbekistondagi vakolatxonasi gender va gender zo’ravonlik bo’yicha milliy maslahatchisi V.Yermetova, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi direktori V.Alimova va Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi ijtimoiy ish bo’limi rahbari D.Xusanovalar o’z taqdimotlari bilan ishtirok etdilar .

      2022 yil 4-5 mart kunlari “Xalq ta’limi tizimidagi o’quvchi va pedagoglarning hayotiy hamda psixologik bilim-ko’nikmalarini oshirish mexanizmlarini yaratish” loyihasi doirasida O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan ikki kunlik Respublika o’quv-amaliy seminar o’tkazildi.

      Seminar o’tkazilishining maqsadi: Xalq ta’limi tizimidagi o’quvchi va pedagoglarning hayotiy hamda psixologik bilim-ko’nikmalarini oshirish mexanizmlarini yaratish orqali bolalar va yoshlar o’rtasida zo’ravonlik, bezorilik, o’z joniga qasd qilishning oldini olish hamda voyaga yetmaganlar orasida deviant, ayniqsa autodestruktiv xatti-harakatlarni kamaytirish, ularga va ularning ota-onalariga o’z vaqtida har tomonlama psixologik va pedagogik yordam ko’rsatish, gender va reproduktiv salomatlik ta’lim sohasida o’qituvchilar va ota-onalarning axborot-psixologik savodxonligini oshirishdan iborat.

     2022-yil 3-mart kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2020-yil 4-yanvardagi 3-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi tomonidan “Xalq ta’limi tizimidagi voyaga yetmagan yoshlar orasida turli turdagi zo’ravonlik koʻrinishlarini oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida qiligan ishlar sarhisobini shaffof o’tkazish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, UNICEF ning O’zbekistondagi vakolatxonasi, Bolalar himoyasi bo’limi, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlash bo’limi, Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari hamda Toshkent shahar xalq ta’limi Bosh boshqarmasi tasarrufidagi 100 nafar maktab psixololari jalb etilib hamkor tashkilot mutaxassislarning fikr mulohazalari va ma’ruzalari tinglandi.

      2022 yil 26 aprel kuni Milliy matbuot markazida ayollar va bolalarga nisbatan zo’ravonlikni oldini olish mavzusida matbuot anjumani bo’lib o’tdi. Tadbirda oilaviy zo’ravonlik masalasiga keng jamoatchilik e’tiborini qaratish maqsadida “Sahar” guruhining «Ayol» qo’shig’iga ishlangan videoklip taqdimoti bo’lib o’tdi. Videoklip Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo’mitasi, Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi, UNICEF jamg’armasi, “NeMolchi” internet resursi, GGC UNNO agentligi tashabbusi asosida hamkorlikda yaratildi.

  1. Davlat organining xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi davlat dasturlari, milliy harakatlar rejalari va strategiyalarni amalga oshirishda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli

    “O’zbekiston gender komissiyasi”, “UNFPA” hamda “UKaid” tashkilotlari hamkorligida Toshkent shahridagi “Turkiston Mehmonlar Komplektsi”da 2021-yil 1-3 dekabr kunlari “Gender zo’ravonlikka javoban huquqiy, psixologik, ijtimoiy va tibbiy xizmatlarni taqdim etishda Standart operatsion ish tartiblarini amaliyotga tatbiq qilish” bo’yicha mutaxassis-trenerlar uchun treningda O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazidan markaz psixolog-metodisti D.Kamalova ishtirok etib sertifikatga ega bo’ldi.

   25 mart 2021-yil “O’zbekistonda ayollarni qo’llab-quvvatlash, himoya qilish va imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish” loyihasi doirasida “Gender tengligi va gender masalalari bo’yicha xalqaro qonunchilik”mavzusidagi bir kunlik trening  mashg’ulotida O’KHYPPRTMarkazi ijtimoiy psixologik xizmat bo’limi boshlig’i L.Axmedova “Ta’lim tizimida Gender yondashuvlar”mavzusida  ma’ruza bilan ishtirok etdi.   

      Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan “O’zbekistonda ayollarni qo’llab-quvvatlash, himoya qilish va imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish” loyihasi doirasida O’zbekistonda gender tengligi va ayollarning huquq va imkoniyatlarini muhokama qilish, shuningdek davlat xodimlari bilan ma’lum ijtimoiy muammolar, xususan, oiladagi zo’ravonlik holatlari tarqalishi hamda gender stereotiplari bo’yicha xabardorlik darajasini oshirish maqsadida “Gender tengligi sohasida milliy qonunchilikni monitoring qilish va qo’llash” mavzusida o’tkazilayotgan ikki kunlik treningda Markazning Psixologiya bo’limi rahbari L.Ahmedova ham treningda faol ishtirok etdi.

  1. Davlat organi tomonidan xotin-qizlar va erkaklar kasbiy va oilaviy majburiyatlarni birga bajarishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, shu jumladan ham onalarga, ham otalarga bola parvarishi uchun ta’til berish imkoniyatidan xodimlarning foydalanayotganligi to’g’risida statistik ma’lumotlar

       O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis  markazida bugungi kunda 7 nafar ayol xodimlarga bola parvarishi uchun ta’til berilgan, hamda ta’til puli to’lab berilgan.

  1. Davlat organida gender siyosati amalga oshirilishini ta’minlashga doir ko’rilayotgan maxsus choralar, ularning maqsadi va natijasi.

      2022 yil 21-23 va 24-26 fevral kunlari Yaponiya hukumati tomonidan ajratilgan grant ko’magida  UNICEF,  Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi bilan yaqin hamkorlikda  “O’zbekistonda favqulodda vaziyatlarda bolalarni himoya qilish darajasini oshirish “ loyihasi doirasida 2022 yil 21-26 fevral kunlari  Surxondaryo viloyati Termiz shahri, Termiz va Muzrabod tumanlarda , 2022 yil 11-16 aprel kunlari Toshkent shahri, Farg’ona va Xorazm viloyati  rejalashtirilgan  “Bolalarning ruhiy salomatligi asoslari va ularga favqulodda vaziyatlarda psixologik-ijtimoiy yordam ko’rsatish” mavzusida psixologlari uchun trening mashg’ulotlar o’tkazildi. Trening maqsadi:  Bolalar, o’smirlar va ularning oilalariga psixo-ijtimoiy  yordam ko’rsatishda, shu jumladan bolaga nisbatan zo’ravonlikni aniqlash va ularga javob berish masalalarida umumta’lim maktablari psixologlari va tumanlari Bolalarni ijtimoiy-psixologik qo’llab-quvvatlash markazlari xodimlarining salohiyatini mustahkamlash. Jami 408  mutaxassis jalb etilgan.

    “Mojaro zonalaridan, birinchi navbatda Suriya va Iroqdan qaytayotgan Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari uchun Yevropa Ittifoqi va BMT ko’magi, Suriya va Iroqdan qaytayotgan uchinchi mamlakat fuqarolarini BMT tomonidan global darajada qo’llab-quvvatlashda ishtirok etish bo’yicha “O’zbekistonda favqulodda vaziyatlarda bolalarni va ayol-qizlarni himoya qilish darajasini oshirish” loyihasi doirasida respublika miqyosida jami 10 ta ijtimoiy-psixologik  yordam ko’rsatish markazlar tashkil etildi. Bular,Farg’ona viloyati, Qo’qon shahar 18-maktab, Beshariq tumanidagi 1-maktab Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar 15-maktab, Kasbi tumani 13-maktab, Samarqand viloyati Oqdaryo tumani 25-maktab, Namangan viloyati Mingbuloq tumani 12-maktab, Uchqo’rg’on tumani 38-sonli IDUM, Sirdaryo viloyati Sardoba tumani 19-maktab, Beshariq tumani 1-maktab, Andijon viloyati, Andijon shahar 33-maktab, Paxtaobod tumani 36-maktablarda ijtimoiy-psixologik markazlar tashkil etilib o’z ish faoliyatlari boshladi.Tashkil etilgan markazlar uchun UNICEF xalqaro tashkiloti tomonidan  IT-uskunalar (10 ta zamonaviy kompyuter, 10 ta chop etish uskunasi), zarur mebel va o’quvchilar bilan ishlashda zarur bo’lgan barcha inventar jihozlar taqdim etilib markazlar jihozlandi.

      2022 yil fevralь oyida O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi UNICEF hamkorligida Yaponiya granti asosida “O’zbekistonda favqulodda vaziyatlarda bolalarni himoya qilish darajasini oshirish” loyihasi doirasida Surxondaryo viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi huzuridagi uchta - Termiz shahri, Termiz va Muzrabod tumanlari xalq ta’limi bo’limlari psixologik-ijtimoiy ko’mak markazi zarur mebel va
IT-uskunalar va ijtimoiy-psixologik yordam ko’rsatish uchun  zarur bo’lgan barcha inventar jihozlar bilan jihozlandi.

    2021 yil 25 noyabr-10 dekabrь kunlari Xalq ta’limi tizimidagi barcha ta’lim muassasalarida “Zo’ravonlikka qarshi 16 kun” kompaniyasi doirasida “Biz zo’ravonlikka qarshimiz” shiori ostida aktsiyalar o’tkazildi. Hududiy xalq ta’limi boshqarmalari, tuman halq ta’limi bo’limlari tomonidan “Zo’ravonlikka qarshi 16 kun” kompaniyasi doirasida “Biz zo’ravonlikka qarshimiz” aktsiyasini o’tkazish bo’yicha 6-9 dekabrь kunlarida o’tkazilgan onlayn va oflayn o’quv-amaliy seminarlarda 142418 nafar pedagoglar va 1309 nafar psixologlar ishtirok etdilar. Maktab jamoasi pedagoglar bilan o’tkazilgan mashg’ulotlarda 17525 nafar, “Zo’ravonlik turlari” trening mashg’ulotida 74125 nafar, “Zo’ravonlik holatlarini aniqlash va ularga javob berish bo’yicha harakatlar” trening mashg’ulotida 687502 nafar pedagoglar ishtirok etdi. 2021 yil 6-10 dekabr kunlarida o’quvchilar bilan olib borilgan trening mashg’ulotlari hamda boshqa tadbirlarda 2237265 nafar o’quvchilar ishtirok etdi.

     2021 yil 25 noyabr-10 dekabr kunlari Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalarida “Zo’ravonlikka qarshi 16 kun” kampaniyasi doirasida umumiy o’rta ta’lim muassasalarida zo’ravonliksiz ta’limga e’tibor berish, o’quvchilarning boshqa o’quvchilarga nisbatan jismoniy tazyiq o’tkazishi, qo’rqitishi, turli xil zo’ravonlik sodir etishi yoki o’qituvchilarning o’quvchilarga nisbatan turli turdagi zo’ravonlikni oldini olishga qarshi alohida javobgarlik hissini oshirish, tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish, turli xil kamsitilishi, turli ko’rinishdagi zo’ravonlik holatlariga yo’l qo’ymaslik, o’quvchilar orasida o’z joniga qasd va suiqasd qilish hamda huquqbuzarliklar sodir etilishlarini oldini olish, madaniy xulq-atvorni shakllantirish, ta’lim muassasalari o’quvchilarida ijobiy munosabatlar va ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan  “Zo’ravonliksiz maktab: u qanday? Strategik mo’ljallar” videoroliklar tanlovi ham o’tkazildi.

  1. Davlat organlari tomonidan mehnat bozorida xotin-qizlar va erkaklarning tengligini ilgari surish, ishga joylashtirish uchun o’qitish hamda sharoitlar yaratish yuzasidan xususiy sektor bilan hamkorligi yo’lga qo’yilganligi, uni yanada rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar

    Xalq ta’limi vazirining 2021 yil 22 oktyabrь kuni 340-buyrug’iga asosan  Yoshlar ishlari agentligining “Press-klub”zalida maktab o’quvchi-qizlarining intellektual salohiyatini rivojlantirish, ularda mantiqiy fikrlashlarini kengaytirish, kitobxonlikka bo’lgan qiziqishlarini orttirish, o’quvchi-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, kasb-hunarga o’rgatish va milliy urf-odat va an’analar ruhida tarbiyalash, oilaviy hayotga tayyorlash, kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilab olish, ilg’or tajribalarini ommalashtirish va qo’llab-quvvatlash maqsadida “Ilm-saodat kaliti” shiori ostidagi “Qizlarjon” respublika sammiti  o’tkazildi.

     Sammitda umumta’lim maktablaridan quyidagi yo’nalishlarda “Qizlarjon” klubi koordinatorlari, xalqaro va respublika fan olimpiadalari g’oliblari, hunarmandchilik bilan shug’ullanayotgan o’quvchi-qizlar, innovatsion g’oyalar muallifi bo’lgan o’quvchi-qizlar, AKT sohasi bilan shug’ullanuvchi o’quvchi-qizlar, fanlarni a’lo baholarga o’zlashtirgan o’quvchi-qizlar, fanlarni a’lo baholarga o’zlashtirgan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, O’zbekiston yoshlar ittifoqi hududiy sardorlarining 8-11 sinf o’quvchi-qizlari qatnashishdi. Sammitda 726 ming nafardan ortiq o’quvchi-qizlar qamrab olindi. 

     Sammitdagi har bir o’quvchi-qizlar o’z yo’nalishida yangi loyiha va tadbirlarni taqdim etish bilan bir qatorda, kuchli trener, psixologlarning mahorat darslarida oflayn-onlayn tarzda qatnashib, kerakli bilimlarni o’zlashtirishdi. Respublika sammitida munosib tarzda qatnashgan faol o’quvchi-qizlar Xalq ta’limi vazirligining qimmatbaho sovg’alari va sertifikatlari bilan  taqdirlandi.

   Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik pedagogik respublika tashxis markazi direktorining “Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida kasb-hunarga yo’naltirish ishlarini tashkil etish to’g’risida” gi 2021 yil 20 sentyabrdagi 26-son buyrug’i bilan umumta’lim maktablarida “Ustoz-shogird” an’anasi va “Kasblar oyligi” tartibi joriy etildi.

      “Ustoz-shogird” an’anasi davomida 2020-2021 o’quv yili davomida 8195 ta umumta’lim maktablarining 131 989 nafar 10-11-sinf o’quvchilarini kelajakda to’g’ri kasb tanlashlarini tashkil etish 60 556 nafar ota-onalar o’quvchilarni shogirdlikka olish istagini bildirgan.

   2021-2022 o’quv yili davomida 4949 ta umumta’lim maktablarining 98 968 nafar 10-11-sinf o’quvchilarini kelajakda to’g’ri kasb tanlashlarini tashkil etish 47 805 nafar ota-onalar 32 ta kasb bo’yicha o’quvchilarni shogirdlikka olish istigini bildirgan.

     Kasblar oyligi tadbirlari davomida umumta’lim muassasalari o’quvchilari ishtirokida 1 974 ta seminarlar, 1 558 ta tanlovlar, 5 417 ta sayohatlar, 501 ta mehnat yarmarkalari va 6 245 ta uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etildi. Tadbirlar davomida 627 677 nafar o’quvchilar va 71 378 nafar fan o’qituvchilari ishtirok etdi. O’tkazilgan ushbu tadbirlar 184 ta OAVlarda va 8062 ta ijtimoiy tarmoqlar orqali yoritib borildi.

    O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan umumiy o’rta ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan o’quvchilarning tug’ma kasbiy qiziqishi, moyilligi va layoqatini aniqlash maqsadida “Kasbim-kelajagim” deb nomlangan yagona onlayn platforma yaratildi. Ushbu platforma orqali o’quvchi o’z qiziqishlari va qobiliyatlarini aniqlay oladi.

    O’z imkoniyatlarini anglagan holda ongli ravishda kelajakdagi kasb haqida tasavvurga ega bo’ladi. Maktabda ta’lim olish jarayonida turli xil to’garaklarni, sport va musiqa maktablarini tanlaydi. Maktabni tugatgach kasb tanlashi oson kechadi.

    Mazkur platforma orqali “Testlar” rukni orqali o’quvchilar o’zlarining qaysi kasb-hunarga moyilliklari va layoqatlari mavjudligini test orqali aniqlanadi, “Kasblar olami” rukni orqali kasblar to’g’risida rasm, matn (professiogramma, infografika) ko’rinishida ma’lumot va axborotlar berib boriladi, “Kasbni egallash” ruknida Respublikamizda mavjud oliy ta’lim muassasalari, akademik litseylar, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar to’g’risida ma’lumotlar joylashtirilgan.

     Shu bilan bir qatorda, “Muvaffaqiyatga erishgan insonlar” ruknida o’z qobiliyati bilan muvaffaqiyatga erishgan o’quvchi-yoshlar va faxriy insonlarning kasbiy tajribalari aks ettirilgan videoroliklar joylashgan hamda “Psixologik maslahat” ruknida o’quvchilar kelajakda aniq kasb egallashlari uchun psixologik maslahatlar berib boriladi, “Tadbirkorlik” ruknida o’quvchilarga o’z tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlari uchun namunaviy biznes reja va qo’llanmalar joylashtirilgan.

    Mazkur platforma orqali 7-11-sinf o’quvchilari ishtirokida o’quvchilarni kasbga bo’lgan qiziqish, qobilyati va layoqatlarini aniqlash maqsadida test so’rovnomalari o’tkazildi. Test so’rovnomalarda jami 1 304 928 nafar o’quvchilar ishtirok etishdi. Jumladan, 7-sinfdan 354 785 nafar, 8-sinfdan 286 391 nafar, 9-sinfdan 265 729 nafar, 10-sinfdan 196 228 nafar, 11-sinfdan 201 795 nafar.

    Shuningdek, Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik pedagogik respublika tashxis markazi Xalqaro raqamli universitet (IDU) bilan hamkorlikda joriy yilning aprel va may oylari davomida Samarqand, Namangan, Andijon, Farg’ona, Qashqadaryo, Buxoro, Jizzax, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahridagi umumta’lim maktablarining 10-11-sinf o’quvchilari va ularning ota-onalari ishtirokida o’quv-seminari tashkil etilmoqda.

      Seminar davomida umumta’lim maktablarining 1850 nafardan ortiq 10-11-sinf bitiruvchilari va ularning ota-onalari ishtirok etib kelmoqdalar. Seminarda bitiruvchilarni maktabni tamomlagandan so’ng oliy ta’lim muassasalarida o’qishlarini davom ettirishlari va ularni ongli ravishda kasb-hunar tanlashlari yuzasidan tavsiyalar berildi.

       Shu bilan bir qatorda, Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik pedagogik respublika tashxis markazi direktorining 2022 yil 18 martdagi 10-sonli buyrug’i asosida joriy yilning 1 apreldan 1 mayga qadar Xalq ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalarida “Farzandlarimiz kelajagiga befarq bo’lmaylik” nomli aktsiyasi tashkil etildi.

     Mazkur aktsiya doirasida 26 820 ta tadbirlar, 17 577 ta ota-onalarning ish joylariga sayyohatlar, 17 935 ta davra suhbatlari va uchrashuvlar, 28 043 ta trening mashg’ulotlari o’tkazildi. O’tkazilgan tadbirlarda 16 328 nafar MFY faollari, 8453 nafar Yoshlar ishlari agentligi xodimlari, 15 413 nafar kasb-hunar maktablari xodimlari, 4080 nafar Monomarkazlar va boshqa o’quv markazlari xodimlari ishtirok etdilar.

         Tadbirlar davomida umumta’lim maktablarining 353 662 nafar 9-sinf, 281 890 nafar 10-sinf va 291 090 nafar 11-sinf o’quvchilari faol qatnashdilar.

  1. Ishga qabul qilishda, mansabi o’sishda va rahbarlik lavozimlariga tayinlanishida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng imkoniyatlar yaratilganligi

    O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis  markazida 13 nafar  ma’muriyat xodimlarining 7 nafarini ayol, 6 nafarini  erkaklar  tashkil etadi.

  1. Xotin-qizlar va erkaklarning sog’lig’ini saqlashni ta’minlaydigan, xavfsiz mehnat sharoitlari yaratilganligini

    O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis  markazida barcha xonalarda qulay shart-sharoitlar yaratilgan xususan xar bir xona konditsionerlar, kompyuter jamlanmalari, tibbiyot qutisi bilan ta’minlangan. Kasallik varaqasiga asosida barcha xodimlarga to’lovlar amalga oshirilgan.

  1. Davlat organi tomonidan tashkilot rasmiy veb-saytida gender tenglik sahifasining mavjudligi va materiallar bilan yangilanib borilishi;

     O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis  markazining rasmiy veb-sayti http://info-tashxis.uz/ da Gender tenglik  nomli maxsus  sahifasi mavjud bo’lib, unda «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari» to’g’risidagi qonun, Xalq ta’limi vazirligi, hamda markaz  tomonidan chiqarilgan me’yoriy hujjatlar va o’tkazilgan seminarlar joylab borilmoqda.

  1. Tashkilot tomonidan gender tenglik bo’yicha o’tkazilgan mahalliy va xalqaro anjumanlar

      O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan 2021 yil 22 noyabr kuni “Xalq ta’limi tizimida psixologik xizmatda innovatsion yondashuv” mavzusidagi forum tashkil etildi.Forumda Qoraqalpog’iston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, 12 ta hududiy viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, hamda Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasining 14 nafar Pedagogik-psixologik tashxis faoliyatini tashkil etish sho’’basi mudirlari,  71 nafar maktab psixologlari 15 nafar inspektor-psixologlar jami 100 nafar psixologlar ishtirok etdi. Forum dasturi asosida hamkor tashkilot vakillari yani Respublika Bosh prokuratura prokurori Ulug’bek Oqbo’taev “Voyaga yetmaganlar o’rtasida jinoyatchilik, huquqbuzarlik holatlarini oldini olish”, Ichki Ishlar Vazirligi huquqbuzarliklar bosh boshqarmasi bo’lim boshlig’i F.Usarov “Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar”, UNICEF ning O’zbekistondagi vakolatxonasi bolalarni himoyalash milliy eksperti G.Nigmatjonova “Bolalar va ularning oilalari bilan ishlashda ruhiy shikastlanishdan xabardorlikka asoslangan yondashuvlar” mavzusida, TDYuU kata o’qituvchisi yuridik fanlar bo’yicha falsafa doktori K.Aliyeva “Xotin-qizlar va bolalarga nisbatan oilaviy zo’ravonlikka qarshi kurashda maktab psixologlarining o’rni” ma’ruzalar qilindi.

    2021-yil 6-dekabr kuni O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 8-noyabrdagi 06-133-son bilan tasdiqlangan “2021-yil-25 noyabrdan 10-dekabrgacha Xalq ta’limi tizimidagi ta'lim muassasalarida “Zo’ravonlikka qarshi 16 kun” kampaniyasi doirasida “Xotin-qizlar va voyaga yetmagan yoshlar orasida turli turdagi zo’ravonlik ko’rinishlarini  oldini olish” mavzusida Yoshlar ishlari agentligi binosida davra suhbati o’tkazildi. Ushbu tadbirda Toshkent shahar Bosh boshqarmasi tasarrufidan tuman (shahar) Bolalarni ijtimoiy-psixologik qo’llab-quvvatlash markazlari metodistlari va 50 dan ortiq maktab psixologlari, hududlarda faoliyat olib borayotgan xalq ta’limi boshqarmalarining Psixologik-pedagogik tashxis faoliyati tashkil etish sho’’balari hamda tuman (shahar) xalq ta’limi bo’limlari Bolalarni ijtimoiy-psixologik qo’llab-quvvatlash markazlari metodistlari o’zlari bilan birga 10 nafardan psixologlar ishtirokida jami 2 300 ga yaqin mutaxassislar zoom dasturi orqali onlayn ishtirok etdilar.  Davra suhbatini O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining maslahatchisi G’.Shoumarov hamda Respublika tashxis markazi direktori L.Gaynutdinovalar ochib berdilar. Tadbirda UNICEF ning O’zbekistondagi vakolatxonasi Bolalar himoyasi bo’limi rahbari A.Lyudek, BMTning aholishunoslik bo’yicha jamg’armasining O’zbekistondagi vakolatxonasi gender va gender zo’ravonlik bo’yicha milliy maslahatchisi V.Yermetova, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi direktori V.Alimova va Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi ijtimoiy ish bo’limi rahbari D.Xusanovalar o’z taqdimotlari bilan ishtirok etdilar .

       2022 yil 4-5 mart kunlari “Xalq ta’limi tizimidagi o’quvchi va pedagoglarning hayotiy hamda psixologik bilim-ko’nikmalarini oshirish mexanizmlarini yaratish” loyihasi doirasida O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan ikki kunlik Respublika o’quv-amaliy seminar o’tkazildi.

      Seminar o’tkazilishining maqsadi: Xalq ta’limi tizimidagi o’quvchi va pedagoglarning hayotiy hamda psixologik bilim-ko’nikmalarini oshirish mexanizmlarini yaratish orqali bolalar va yoshlar o’rtasida zo’ravonlik, bezorilik, o’z joniga qasd qilishning oldini olish hamda voyaga yetmaganlar orasida deviant, ayniqsa autodestruktiv xatti-harakatlarni kamaytirish, ularga va ularning ota-onalariga o’z vaqtida har tomonlama psixologik va pedagogik yordam ko’rsatish, gender va reproduktiv salomatlik ta’lim sohasida o’qituvchilar va ota-onalarning axborot-psixologik savodxonligini oshirishdan iborat.

      2022-yil 3-mart kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2020-yil 4-yanvardagi 3-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi tomonidan “Xalq ta’limi tizimidagi voyaga yetmagan yoshlar orasida turli turdagi zo’ravonlik ko’rinishlarini oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida qiligan ishlar sarhisobini shaffof o’tkazish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, UNICEF ning O’zbekistondagi vakolatxonasi, Bolalar himoyasi bo’limi, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlash bo’limi, Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari hamda Toshkent shahar xalq ta’limi Bosh boshqarmasi tasarrufidagi 100 nafar maktab psixololari jalb etilib hamkor tashkilot mutaxassislarning fikr mulohazalari va ma’ruzalari tinglandi.

     2022 yil 26 aprelь kuni Milliy matbuot markazida ayollar va bolalarga nisbatan zo’ravonlikni oldini olish mavzusida matbuot anjumani bo’lib o’tdi. Tadbirda oilaviy zo’ravonlik masalasiga keng jamoatchilik e’tiborini qaratish maqsadida “Sahar” guruhining «Ayol» qo’shig’iga ishlangan videoklip taqdimoti bo’lib o’tdi. Videoklip Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo’mitasi, Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi, UNICEF jamg’armasi, “Ne Molchi” internet resursi, GGC UNNO agentligi tashabbusi asosida hamkorlikda yaratildi.

  1. Ijtimoiy himoyaga muhtoj va og’ir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlar va erkaklarni qo’llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar

        Kasaba uyushmasi tomonidan 2021-2022 yil hisobidan xodimlarga jami Xayit va Yangi yil  bayramlari munosabati bilan 17 mln so’mlik oziq-ovqat mahsulotlari topshirilgan.

  1. Xotin-qizlarning ijtimoiy qo’llab-quvvatlaganligi va ularga moddiy yordam ko’rsatilganligi (uy-joy hamda maishiy texnikalar bilan ta’minlanishi

       2020 yilda o’qituvchi va pedagog xodimlarga davlat tomonidan imtiyozli avto-kredit hisobidan markazning 7 nafar xodimlari avtomobil egasi bo’ldi. Shundan 3 nafari ayol.

       Xotin-qizlarning ijtimoiy qo’llab-quvvatlaganligi va ularga moddiy yordam ko’rsatish maqsadida 2021 yilda  6 nafar,    2022 yilda -1 nafar ayol xodimlarga moddiy yordam ko’rsatildi. Jami 2021 yilda  11 nafarga 17 mln 518 ming so’m,    2022 yilda -3 nafar xodimlarga 8 mln.969 ming so’mlik moddiy yordam ko’rsatildi

  1. Jamoa shartnomalari va kelishuvlarida, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish choralarini amalga oshirishda xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlarining ta’minlanganlik, ish joyida xamda uyda tazyiq va zo’ravonlik ta’qiqlanganligi qoidalari aks ettirilganligi

     2021 yil 17 iyun kuni  O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis  markazining 2021-2024 yillar uchun mo’ljallangan 19 bo’limdan iborat jamoa shartnomasi ishlab chiqilib, barcha xodimlarga VI bob mehnat shartnomasi,  VII bob ish vaqti va dam olish vaqti, VIII bob ish haqi, kompensasya, qo’shimcha to’lovlar va pul mukofotlari to’lash, IX bob mehnat muhofazasi, X bob mehnat intizomi va rag’batlantirish, XI bob ijtimoiy imtiyozlar, XI bob madaniy-ma’rifiy, jismoniy tarbiya va sport-sog’lomlashtirish ishlari tanishtirilib tasdiqlandi.

 

 

1. O’zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to’g’risida”gi Qonuni

2. O’zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish to’g’risida”gi Qonuni

3. O’zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish to’g’risida”gi Qonuni ijrosi haqida O’zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining buyrug’i

 

;