Ilmiy-metodik Kengash

Ilmiy-metodik Kengashning vazifalari:

Xalq ta’limi tizimida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, psixologik-pedagogik tashxis qo‘yish va defektologik xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsion shakllarni, zamonaviy psixologik va axborot texnologiyalarini samarali uslublarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan yangi avlod metodikalarini ko‘rib chiqish va nashrga tavsiya etish;

Kasb-hunarga yo‘naltirish, psixologik-pedagogik tashxis, inklyuziv ta’lim  va defektologiya yo‘nalishida tashkil etilgan tajriba-sinov natijalarini muhokama qilish va tavsiyalar berish;

Maktab psixologlari, fan o‘qituvchilari, sinf rahbarlari va keng omma uchun yaratilgan metodik qo‘llanmalar, psixodiagnostik metodikalar, treninglar, kasblar professiogrammasi, kasbiy axborotnomalar, plakatlar to‘plami, kasblar haqida ma’lumot beruvchi flayerlar, bukletlar, eslatmalar hamda boshqa o‘quv-metodik adabiyotlar, metodik qo‘llanmalarni chop etish va nashr qilish masalalarini ko‘rib chiqish;

Psixodiagnostik metodikalarini, oflayn va onlayn ko‘rinishda yaratilgan dasturlarni muhokama qilish va amaliyotga tadbiq etish;

Xalq ta’limi sohasiga tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borayotganlar ilmiy ishlarini ko‘rib chiqish, muhokama qilish va hulosalar berish;

Kengash Markaz vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqishga haqli.

;