Inklyuziv ta’lim

Inklyuizv boʻlimning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida inklyuziv taʼlimni rivojlanishi va yanada yuksaltirish boʻyicha yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida inklyuziv taʼlimni va logopediya shoxobchalarini tashkil etish va muvofiqlashtirish.

Maktabgacha va maktablarda inklyuziv taʼlim, defektologik xizmatni takomillashtirish, oʻqituvchi-logopedlar, maxsus pedagoglarni metodik qoʻllab-quvvatlash va professional rivojlantirishga koʻmaklashish:

Umumtaʼlim muassasalarida inklyuziv oʻquv muhitini yaratish maqsadida bolalar va ularning ota-onalari, oʻqituvchilarga ijtimoiy-psixologik xizmat koʻrsatishda zamonaviy yondashuvlar va metodlarni ishlab chiqish;

Inklyuziv taʼlimni yanada rivojlanishini nazarda tutadigan davlat dasturlari va boshqa dasturlar, shuningdek, ularni amalga oshirish mexanizmlari boʻyicha rahbariyatga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritish;

Umumtaʼlim maktablarida inklyuziv taʼlim uchun shart-sharoitlar yaratishni nazorat qilish, inklyuziv taʼlim berishning sifati va samaradorligini aniqlash mezonlarini ishlab chiqish hamda ularning bajarilishini nazorat qilish;

Inklyuziv taʼlim tizimi joriy qilingan umumtaʼlim muassasalari, ularda taʼlim olayotgan oʻquvchilar toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasini yaratish va uni doimiy yangilab borish;

Inklyuziv sharoitlarda taʼlim oluvchilar, umumtaʼlim muassasalari qoshidagi logopediya shoxobchalarining oʻqituvchi-logopedlar uchun psixologik-pedagogik qoʻllab-quvvatlash ishlarini tashkil qilish va ijtimoiy rivojlantirishga yoʻnaltirilgan texnologiyalarni ishlab chiqish va takomillashtirib borish;

Inklyuziv taʼlim  va umumtaʼlim muassasalari qoshidagi logopediya shoxobchalarini metodik taʼminotini (dasturlar, rahbar, pedagog va mutaxassislarga metodik tavsiyalar va boshqalarni) ishlab chiqish hamda takomillashtirib borish;

Umumtaʼlim muassasalari qoshidagi logopediya shoxobchalari, inklyuziv taʼlim boʻyicha oʻquv reja va oʻquv dasturlarini ilgʻor milliy va xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda, mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga mos ravishda ishlab chiqish, takomillashtirish, tajriba-sinovdan oʻtkazish hamda amaliyotga joriy etish;

Inklyuziv taʼlim ishtirokchilari va umumtaʼlim muassasalari qoshidagi logopediya shoxobchalarining oʻqituvchi-logopedlar faoliyatini rivojlantirish maqsadida konferensiya,oʻquv-seminarlarni tashkil etish va oʻtkazish;

Inklyuziv taʼlim ishtirokchilari va umumiy oʻrta taʼlim muassasalari qoshida tashkil etilgan logopediya shoxobchalarining oʻqituvchi-logopedlarini faoliyatini muvofiqlashtirish, monitoringini olib borish va metodik rahbarlikni amalga oshirish.

;