Yangiliklar

“Umumta’lim maktablarida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishning dolzarb masalalari”

    O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi tomonidan “Umumta’lim maktablarida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya muvaffaqiyatli tashkil etildi.

    Konferensiyada ta’lim sohasi mutaxassislari, olimlar, amaliyotchilar hamda pedagoglar ishtirok etib, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish tizimini takomillashtirish, zamonaviy kasblar bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish, mehnat bozori talablariga mos kadrlarni tayyorlash hamda kasbiy diagnostika va maslahat xizmatlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

     Tadbir davomida kasb-hunarga yo‘naltirishning innovatsion yondashuvlari, xalqaro tajribalar va ta’lim muassasalari hamda ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

      Konferensiya yakunida bildirilgan ilmiy va amaliy takliflar o‘quvchilarni ongli kasb tanlashga yo‘naltirish hamda ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

;