Yangiliklar

Maktab psixologlari uchun navbatdagi onlayn seminar-trening bo'lib o'tdi!

2026-yil 28-oktabr kuni umumta'lim maktablari psixologlari uchun o'quvchilarni kasbga yo'naltirish faoliyatini takomillashtirishga bag'ishlangan navbatdagi onlayn seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-treningdan ko'zlangan asosiy maqsad — maktab psixologlarining kasbga yo'naltirish

borasidagi bilim va ko'nikmalarini rivojlantirish, o'quvchilarda kasbiy

qiziqish va motivatsiyani shakllantirish hamda ularni kelajakdagi mehnat

faoliyatiga tayyorlashda samarali yondashuvlarni keng targ'ib etishdan iborat bo'ldi.

Seminar davomida quyidagi dolzarb mavzular yoritildi:

1.

«Hech narsaga qiziqmayman»: o'quvchilarda kasbiy qiziqishni uyg'otish va ularni

kasb tanlashga yo'naltirish yo'llari.

2.

«Kasblar o'zgarmoqda — ko'nikmalar yangilanmoqda: maktab psixologining kelajak

avlodni mehnat hayotiga tayyorlashdagi roli».

3.

«Genetika kasbni belgilaydimi?»

Seminar davomida o'quvchilarning kasbiy qiziqishlarini aniqlash, ularda o'z imkoniyatlarini

anglash va kasb tanlashga mas'uliyat bilan yondashish ko'nikmalarini

shakllantirish, shuningdek, zamonaviy mehnat bozori talablarini hisobga olgan

holda kasbga yo'naltirish ishlarini tashkil etish masalalariga alohida e'tibor

qaratildi.

Shuningdek, o'quvchilarning individual xususiyatlarini inobatga olish, kasbiy tanlovda

irsiy omillar va shaxsiy qiziqishlarning o'rnini tushunish hamda har bir

o'quvchining salohiyatini ro'yobga chiqarishga ko'maklashish muhimligi

ta'kidlandi.

Bunday seminar-treninglar maktab psixologlarining kasbiy mahoratini oshirish, ilg'or tajribalarni ommalashtirish va o'quvchilarni ongli kasbiy tanlovga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

;