Yangiliklar

"Maktab psixologlarining faoliyatidagi asosiy yo’nalishlar va vazifalar" mavzusida mutaxassislar uchun o’quv amaliy trening mashg’ulotlari o’tkazildi.

O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan Toshkent shahar xalq ta’limi bo’limlaridagi “Bolalarni ijtimoiy-psixologik qo’llab quvvatlash markazi” metodistlari va maktab amaliyotchi psixologlarining bilim va malakalarini oshirish, kasb-hunarga yo’naltirish ishlarini tashkil etishda  ularga amaliy yordam ko’rsatish maqsadida 2022 yil 26-27-28-29 sentyabr kunlari o’quv-amaliy seminar-treninglar o’tkazish rejalashtirildi. 


O’quv-amaliy seminar-treninglarda ta’lim muassasalarida  “Psixologik xizmat faoliyatini samarali tashkil etish”, “Voyaga yetmagan o’quvchilar o’rtasida o’z joniga qasd qilish, zo’ravonlik holatlarining oldini olish” shuningdek, ta’lim muassasalarida “Ichki nazorat ro’yxatiga olingan o’quvchilar bilan ishlash”, “O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish ishlari samaradorligini oshirish” mavzularida psixolog va pedagoglarning bilim va malaka ko’nikmalarini mustahkamlashga amaliy yordam ko’rsatiladi.


Bugun  2022 yil 26-sentyabr kuni o’quv  amaliy seminar-trening o’z ishini boshladi. Mashg’ulotlarning birinchi kunida Markaz metodistlari S.Rahimova Yunusobod tumanidagi 220-maktab hamda  Shayxontohur tumani 102-maktablarda, S.Alimxo’jaeva Mirobod tumani 83-maktabda,  F.Inagamova Yangihayot tumani 220-maktabda, G.Yusupova Uchtepa tumani 14-maktabda, Y.O’ktamova Chilonzor tumani 102-maktabda, D.Kamalova Olmazor tumani 224-maktabda, A.Fayzullayev Yashnobod tumani 61-maktabda, N.Atabayev Mirzo Ulug’bek tumani 248-maktabda  "Maktab psixologlarining faoliyatidagi asosiy yo’nalishlar va vazifalar" mavzusida mutaxassislar uchun o’quv amaliy trening mashg’ulotlari o’tkazildi.

Seminar yakunida ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga trenerlar tomonidan javob olishdi. 

Seminar-trening mashg’ulotlari 28-29-sentyabr kunlari davom etadi.

;