Video galleria

Davlat tili - millat g‘ururi!

Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani 3-sonli umumta’lim maktabida “Davlat tili — millat g‘ururi!” shiori ostida ijodiy tadbir tashkil etildi. Maktabning 1-“A” inklyuziv sinf o‘quvchilari o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan bayramga bag‘ishlangan ijodiy ishlar tayyorladilar. Ushbu ijodiy ishlar orqali bolajonlar ona tilimizga bo‘lgan mehr-muhabbatini, milliy qadriyatlarimizga hurmatini va Vatanimizga sadoqatini namoyon etdilar. Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarda ona tilimizning boyligi va go‘zalligini his etish, o‘zbek tilida to‘g‘ri va ravon fikr bildirishga intilish, milliy an’analarimizni qadrlash kabi fazilatlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Har bir bolaning imkoniyati, qiziqishi va individual xususiyatlarini inobatga olgan holda tashkil etilgan ijodiy faoliyat o‘quvchilarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish, mustaqil fikrlash va o‘z qobiliyatlarini namoyon etishlariga imkon yaratdi. Inklyuziv ta’limning asosiy tamoyillaridan biri — har bir bolaning ta’lim olishi, ijod qilishi va jamoa hayotida faol ishtirok etishi uchun teng imkoniyatlar yaratishdir. Mazkur tadbir ham o‘quvchilarning birgalikda faoliyat yuritishi, o‘zaro hamkorlik qilishi va milliy qadriyatlarimizni birgalikda o‘rganishiga xizmat qilаdi. Zero, ona tili - millatning ma’naviy boyligi, xalqimizning tarixi, madaniyati va o‘zligini namoyon etuvchi bebaho merosdir. Yosh avlod qalbida ona tiliga hurmat va mehrni shakllantirish, ularni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash har birimizning muhim vazifamizdir. Har bir bola - alohida olam, har bir iste’dod - e’tiborga loyiq, har bir yutuq esa katta quvonch! Bolajonlarimizning ijodiy ishlari va intilishlari ularning kelajakdagi yutuqlari uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilsin!

;