Video galleria

“SEN ISTE’DODLISAN” - HAR BIR BOLAGA ISHONCH VA IMKONIYAT!

Farg‘ona viloyati Dangʻara tumanida “Men ham shu Vatanning bunyodkoriman” shiori ostida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etish maqsadida “Sen iste’dodlisan” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi. Tanlov o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish, ularning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish, o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etishiga ko‘maklashishga qaratildi. Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlarining ijodiy ishlari, rasmlari va turli yo‘nalishlardagi qobiliyatlarini namoyish etdilar. Ularning ijod namunalarida Vatanga muhabbat, tabiat go‘zalligi, ezgu orzular va yorqin kelajakka intilish kabi g‘oyalar o‘z aksini topdi. Bunday tadbirlar bolalarning nafaqat ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, balki ularning o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchini oshirish, tengdoshlari bilan muloqot qilish va jamoada o‘zini erkin namoyon etishiga ham xizmat qiladi. Tanlov jarayonida pedagoglar, tashkilotchilar va mutaxassislarning bolalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan sa’y-harakatlari har bir bolaning imkoniyatlarini qadrlash va uning yutuqlarini munosib e’tirof etish muhimligini yana bir bor namoyon etdi. “Sen iste’dodlisan” tanlovi bolalarga quvonch, ishonch va yangi marralar sari intilish uchun rag‘bat bag‘ishlaydigan ezgu tashabbuslardan biridir. Har bir bolaning iste’dodi qadrlansin, orzulari qo‘llab-quvvatlansin va yutuqlari bardavom bo‘lsin!

;