Video galleria

O’quvchilarni kasb-hunarga o’rgatishda Andijon tajribasi

O’quvchilarni kasb-hunarga o’rgatish hamda bitiruvchilar bandligini ta’minlash borasida Andijon viloyatida o’ziga xos tajriba amalga oshirildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 21-22 may kunlari Andijon viloyatiga tashrifi davomida o’quvchilarni kasb-hunarga o’rgatish hamda bitiruvchilar badligini ta’minlash borasida "ANDIJON TAJRIBASI" namuna sifatida e’tirof etilgan edi. 2019-2020 o’quv yilida 21 126 nafar bitiruvchilarga turli korxona, tashkilot va o’quv markazlarida kasb hunar o’rgatilib, 4 215 nafar bitiruvchiga 42,3 mlrd. so’mlik imtiyozli kreditlar ajratildi. 2020-2021 o’quv yilida 27 550 nafar bitiruvchilarga kasb-hunar o’rgatilib, 7 828 nafar yoshlarga 114,2 mlrd. so’mlik imtiyozli kredit ajratildi. Bugungi kunda bitiruvchilar o’zini o’zi band qilib (PQ-4742), oilasi uchun daromad topmoqdalar.

;