Video galleria

Talaffuzida nuqsoni bor o'quvchilar bilan kimlar shug'ullanadi?

Talaffuzida nuqsoni bor o‘quvchilar bilan o‘qituvchi-logoped shug‘ullanadi. Talaffuz buzilishlarini barataraf etish uchun logopedik ta’sir lozim. Logopedik ta’sirning asosiy maqsadi, nutq tovushlarini tog‘ri shakllantirishdir. Nutq tovushlarini tog‘ri tiklash uchun bola quyidagilarni bilishi lozim: nutq tovushlarini bilishi va ularni idrokida adashtirib yuborishi kerak emas, bir tovushni ikkinchisidan akustik belgisi bo‘yicha ajrata bilishi, normal talaffuz qilingan tovushdan noto‘g‘ri talaffuz qilingan tovushni ajrata bilishi, o‘zi talaffuz qilgan tovushni eshitib nazorat qila bilishi va sifatini baxolashi, tovushni normal, akustik effektini xosil qiluvchi artikulyatsion holatini bajara olishi, nutqning hamma turlarida tovushlardan o‘rinli foydalanishi lozim.

;