Video galleria

Maktablarda inklyuziv ta’lim jarayoni.

jarayoni. O’zbekistonda yangi 2023-2024 o’quv yili boshlandi. Dars mashg’ulotlari malakali pedagoglar tomonidan qizg’in tarzda olib borilmoqda. Prezidentimizning 2020-yil 13 oktabrdagi PQ-4860-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan umumta’lim maktablaridagi inklyuziv ta’lim jarayonlari ham malakali mutahassislar tomonidan tashkil etilmoqda O’tgan yillardan boshlab muntazam inklyuziv ta’limga jalb etilgan bolalar bilan ishlash jarayonida ijobiy natijalarga erishish uchun tinimsiz mehnat, harakat qilinmoqda va qiziqarli, turli-tuman mashg’ulotlar tashkil etilib borilyapti. Ushbu mashg’ulot jarayonlariga misol tariqasida Ohangaron tumani 52 maktab 2 b -sinf inklyuziv taʼlim oʻquvchisi Toshpoʻlatov Javohir bilan mahsus pedagog Mehriddinova Diyoraning shug’ullanish jarayonidagi mashgʻulotlaridan lavhalarni sizlar bilan baham ko‘ramiz. Mashg’ulot davomida o’quvchiga harflar hamda bo’g’inlarni interaktiv usduldan foydalangan holda to’g’ri tallaffuz qilishga o’rgatish jarayoni tasvirlangan. Ko’rib turganingizdek mashg’ulotlar qiziq va bolalarni topshiriqlarni o’z hohishlari bilan bajarishga va bilim, malakalarni egallashga yordam bermoqda.

;