Video galleria

“Bizni do’stlik birlashtiradi” nomli tadbir

Oʻquvchilarni kasb-xunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedogogik respublika tashxis markazi tomonidan 3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan 102-zaif eshituvchi bolalar maktab-internati hamkorligida 222-umumiy o‘rta ta’lim maktabining inklyuziv ta’lim o‘quvchilari ishtirokida “Bizni do’stlik birlashtiradi” nomi ostida tadbir tashkil etildi. Tadbir umumta’lim maktablaridagi inklyuziv sinflarda ta’lim olayotgan alohida ta’lim ehtiyojli o‘quvchilarni ma’naviyatini yuksaltirish, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va ota-onalarni qo‘llab-quvvatlash, metodik yordam ko‘rsatish hamda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning rivojlanishi, reabilitatsiyasi, jamiyatga integratsiyalashuvida inklyuziv ta’limning o‘rni haqida tushunchalar berish maqsadida tashkil etildi. Tadbirda ota-onalar va umumta’lim maktabi o‘qituvchilari uchun inklyuziv ta’limdagi yangliklar va yutuqlar, xozirgi kunda inklyuziv ta’limga bo‘lgan e’tibor haqida bir qancha ma’lumotlarlar berildi. Tadbir so‘ngida markazning bolalarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

;