Video galleria

"Farzandlarimiz kelajagiga befarq bo‘lmaylik" nomli aksiyasi doirasida viloyat seminari tashkil etildi

Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazining 2022-yil 18-martdagi 10-son buyrugʻida berilgan tavsiyalar asosida Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumani xalq ta’limi bo‘limi, viloyat "Ishga marhamat" monomarkazi hamda IIB hodimlari bilan hamkorlikda "Farzandlarimiz kelajagiga befarq bo‘lmaylik" nomli aksiyasi doirasida viloyat seminari tashkil etildi. Ushbu seminarda umumta'lim maktabining bitiruvchi sinf o’quvchilari, uyushmagan yoshlar, ota-onalar, malakali mutaxassis psixologlar ishtirok etishdi. Seminar davomida maktab psixologlari tomonidan "Ko‘z boylog‘ich", "Tog'", "O‘rgimchak to‘ri", "Vaqt qadri", "Men baxtliman" mavzularida trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Farzand tarbiyasida ota-onaning roli, yoshlarni mustaqil kasb tanlashlariga e'tibor qaratildi.

;