Video galleria

Inklyuziv ta’lim Yaponiya tajribasi

Joriy yilning 18-28 iyul kunlari Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi JICAning “Maktabgacha ta’limda inklyuziv ta’lim amaliyotini mustahkamlash” nomli loyihasi doirasida “Inklyuziv ta’lim tajribasini rivojlantirish” mavzusida Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika tashxis markazi, Respublika ta’lim markazi, A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy tadqiqot instituti mutaxassislari, Toshkent shahar va Toshkent viloyatidagi umumta’lim maktablarining inklyuziv sinflarida faoliyat olib borayotgan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridan iborat 24 nafar mas’ul mutaxassislari uchun o‘quv-trening mashg‘uloti o‘tkazildi. O‘quv-trening mashg‘uloti yakunida mentor sifatida Xalq ta’limi vazirligi loyiha rahbari tomonidan imzolangan sertifikatlar berildi.

;