Video galleria

“Xalq ta’limi tizimida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish: muammo va ularning yechimlari” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

Joriy yilning 23 sentabr kuni Yoshlar ishlari agentligi binosida Toshkent shahar muhandislik ta’limi assotsiatsiyasi hamda O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi bilan hamkorlikda “O‘quvchilarni kasbiy mahoratini, intellektual salohiyatini oshirish va kasbiy faoliyatga bo‘lgan qobiliyat va kompetensiyalarni shakllantirish” loyiha doirasida “Xalq ta’limi tizimida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish: muammo va ularning yechimlari” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi. Konferensiyada Belorusiya milliy texnika universiteti yetakchi olimlari, Xalqaro raqamli universitet rektori, Shvetsariyaning “Swiss Create Business Academy” korxonasi asoschilari va mahalliy oliy ta’lim muassasalari yetakchi olimlari va ta’lim muassasalari psixologlari ishtirok etishdi.

;