Video galleria

Vatanimizning, millatimizning faxri, ko‘rki va iftixori sanalgan o‘zbek tilining bugungi bayrami barchamizga muborak bo’lsin!

Til har bir xalqning va millatning eng buyuk qadriyatlaridan biri hisoblanadi. Aynan shu bois xalqning o`zligini anglab yetishga intilishida tilning qadrini tiklash, nufuzini yanada oshirish muhim o`rin tutadi. Milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o`rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog`liqlik til orqali namoyon bo`ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, eng avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili bu millatning ruhidir. Vatanimizning, millatimizning faxri, ko‘rki va iftixori sanalgan o‘zbek tilining bugungi bayrami barchamizga muborak bo’lsin!

;