Video galleria

“O‘zbekistonda kasb-hunar taʼlimi tizimidagi islohot va modernizatsiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida xalqaro konferensiya

O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) va Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda kasb-hunar taʼlimi tizimidagi islohot va modernizatsiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Xalqaro konferensiyada Germaniya, Misr va Qirg‘iziston Respublikasining o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha tajribalari o‘rganildi. ✅Konferensiyadan koʼzlangan maqsad: • O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish sohasidagi faoliyatning hozirgi holatini ko‘rib chiqish; • Ishtirokchilarni GIZning o‘quvchilar va talabalar uchun kasbga yo‘naltirish va kasbiy faoliyatini rejalashtirish sohasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha xalqaro tajribasi bilan tanishtirish; • 2022-2024-yillarda loyiha doirasida maktab va kollej o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish tizimini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

;