#Bu_bayroq_bizniki... #tashxis_markazi #inklyuziv <> Davlatimiz ramzlari oʻzbek xalqining shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini oʻzida mujassam etib, shu yurtda yashayotgan har bir fuqaroga gʻurur, faxr va iftixor bagʻishlaydi. U yoshu-qariga, jinsi, irqi, millatidan qaʻtiy nazar barcha uchun birdek ardoqli boʻladi. Yosh avlodlarni Vatan va bayroq sevgisi bilan ulgʻaytirish har birimizning burchimizdir. Bayrogʻimiz - oʻzbek xalqining milliy ramzidir, kecha va bugunini birlashtirib turgan maʻnaviy koʻprikidir… 1991-yil 18-noyabr - Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun.