Maktablarda faoliyat yuritayotgan logopedik shoxobchalarda bolalarning nutqiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, nutq buzilishlarini aniqlash va korreksiyalash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar “Zamon” ko‘rsatuvi doirasida Sevimli telekanali orqali keng jamoatchilikka namoyish etildi. Mazkur ko‘rsatuv uchun tayyorlangan videorolikda maktabdagi logopedik shoxobchalarning kundalik faoliyati, o‘quvchilar bilan olib borilayotgan diagnostik, korreksion va rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar, shuningdek, o‘qituvchi-logopedlar tomonidan qo‘llanilayotgan zamonaviy metod va yondashuvlar aks ettirildi.