Video galleria

“Uzluksiz kasb-hunarga yoʻnaltirish” dasturlari bo'yicha Yunusobod tumanidagi 51-sonli umumta’lim maktabida 7- 8- 9-sinf o‘quvchilari uchun tajriba-sinov dars mashg‘ulotlari tashkil etildi

Oʻzbekiston respublikasi Prezidentining “Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025 yil 23-oktabrdagi PQ-316-sonli qarori bilan uzluksiz kasb-hunarga yoʻnaltirish dasturlari tasdiqlagan. Shu maqsadda: Kasbiy ta’limni ommalashtirish hamda o‘quvchi yoshlarni kasb-hunarga yoʻnaltirish maqsadida maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari uchun  “Atrofimizdagi kasblar”.  “Kasblar alifbosi”.  “Kasblar olami”.  “Mening kelajakdagi kasbim” dasturlari ishlab chiqilgan. ✅ Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlarida uzluksiz kasb-hunarga yo‘naltirish tizimini takomillashtirish hamda o‘quvchi-yoshlarni ongli kasb tanlashga yo‘naltirish maqsadida Joriy yilning 10-fevral kuni Yunusobod tumanidagi 51-sonli umumta’lim maktabida 7-, 8-, 9-sinf o‘quvchilari uchun tajriba-sinov dars mashg‘ulotlari tashkil etildi. Mazkur tajriba-sinov dars mashg‘ulotlari “Mening kelajakdagi kasbim” o‘quv dasturi asosida olib borildi. Darslar interaktiv metodlar, amaliy mashg‘ulotlar, rolli o‘yinlar, kasbiy moyillikni aniqlash testlari hamda muhokama va tahlil jarayonlari orqali tashkil etildi. ✅ Mazkur tajriba-sinov ishlari kelgusida o‘quv dasturlarini yanada takomillashtirish hamda boshqa ta’lim muassasalarida ham bosqichma-bosqich joriy etish uchun muhim amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.

;