Video galleria

Inklyuziv ta’lim: teng imkoniyatlar sari muhim qadam

Toshkent shahar Olmazor tumani 298-umumiy o‘rta ta’lim maktabida inklyuziv ta’lim tizimi izchil yo‘lga qo‘yilgani alohida e’tirofga loyiq. Mazkur ta’lim muhitida 1-sinf o‘quvchisi Muhammad hamda 2-sinf o‘quvchisi Zuhrabonu sog‘lom tengdoshlari bilan bir safda bilim olib, o‘z iqtidor va salohiyatlarini namoyon etib kelmoqdalar. Ularning teng imkoniyatlar asosida ta’lim olayotgani, sinfdoshlar bilan faol muloqotda bo‘lib, dars jarayonida ishtirok etayotgani inklyuziv ta’limning amaliy natijasidir. Ayniqsa, maktabda yaratilgan qulay va zamonaviy sharoitlar, pedagoglarning mehribonligi hamda individual yondashuvi har bir o‘quvchining o‘z o‘rnini topishiga xizmat qilmoqda. Bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik natijasida bolalar nafaqat bilim, balki ishonch, do‘stlik va jamiyatda o‘z o‘rnini topish kabi muhim qadriyatlarni ham egallamoqda.

;