Yangiliklar

Respublika logoped-o‘qituvchilarning malakasini oshirish yuzasidan o‘quv-seminar

Respublika logoped-o‘qituvchilarning malakasini oshirish yuzasidan o‘quv-seminar

O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazining “Inklyuziv ta’lim” bo‘limi tomonidan respublikadagi logoped-o‘qituvchilarning malakasini oshirish maqsadida 2024 yil 22-fevral kuni navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi.

x

O‘quv seminarda dastlab Nizomiy nomidagi TDPU logopediya kafedrasi o‘qituvchi-logopedi S.Zakirova “Til orqa tovushlarini nutqqa qo‘yish va mustahkamlash” mavzusida ma’ruza qildi.

Maruzasida til orqa va chuqur til orqa tovushlari (K, G, X, Q, G‘)dagi kamchiliklarni tuzatish, til orqa tovushlaridagi kamchiliklar, Til orqa tovushlarni nutqga qo‘yish uchun logopedik mashg‘ulotlarni tashkil qilish, artikulyasion mashqlar o‘tkazish uchun kerakli bo‘lgan talablar, talaffuz qilish malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish bosqichi, tovush nutqga qo‘yilgandan so‘ng uni nutqga kiritish ustida ish olib borish (avtomatizasiya) haqidagi ma’lumotlarni berib o‘tdi. Ma’ruza davomida artikulyatsiya a’zolari uchun “Arg‘imchoq”, “Soat”, “Yong‘oq”, “Tishlarni tozalaymiz” kabi mashqlar taklif qilindi.

Didaktik o‘yinlarga namuna sifatida “Rasmdagi predmetni joyini top” yoki “Nimani joyi o‘zgardi?” nomli metodikalar namuna sifatida taqdim etildi.

O‘quv seminar davomida Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani 12- maktabi o‘qituvchi-logopedi Z.Sayfullayeva “Amaliy mashg‘ulotdan lavhalar: Yakka tartibda va guruhli mashg‘ulotlarni rejalashtirish va o‘tkazish mezonlari” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Ma’ruzada og‘zaki nutq nuqsoniga ega boʻlgan 1-4-sinf oʻquvchilari bilan tashkil etiladigan logopedik mashgʻulotlar, guruhli va yakka tartibdagi mashgʻulotlarni tashkil etish mezonlari, yakka tartibdagi mashgʻulotlarni tashkil etish, yakka tartibdagi korreksion mashgʻulotlarda amalga oshiriladigan ishlar, korreksion guruhli mashgʻulotlarni tashkil etish, nafas mashiqlarini qiziqarli tashkil etish, soʻzni tushunishni rivojlantirish, lugʻat xususiyatlari ustida ish olib borish, mantiqiy fikrlashni rivojlantiruvchi mashqlar, moʻljal olish mashqlari haqida ma’lumot berib o‘tdi va qoʻl matorikasini rivojlantiruvchi mashqlardan lavhalar taqdim etdi.

Mantiqiy-grammatik tuzilmalarni tushunishdagi qiyinchiliklarni aniqlash uchun A.R.Luriya tomonidan ishlab chiqilgan texnikadan foydalanib, undagi uchta variant :

1) boladan ikkita ketma-ket nomlangan narsalarni koʻrsatish

2) “Tovuqni tuxum bilan koʻrsatish”;

3) “sigirni sut bilan koʻrsatish”;

3. Mantiqiy-grammatik munosabatlarni tushunishni oʻrganish; kabi mashg‘ulotlar misol tariqasida tinglovchilarga taqdim etildi.

O‘quv seminar zoom platformasi orqali onlayn tashkil etildi va 450 nafardan ortiq o‘qituvchi logopedlar ishtirok etdilar va ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob berildi.

 

 

 

;