Bugungi kunda sogʻlom bolalar qatorida alohida taʼlimga extiyoji boʻlgan bolalarni sifatli taʼlim bilan taʼminlash masalasi siyosatining ustivor yoʻnalishlaridan biri sanaladi.Maʼlumki inklyuziv taʼlim qayerda va qachon tashkil qilinmasin eng muhimi oilalarning bevosita ishtirokiga asoslanadi.Yaʼni inklyuziv taʼlimga jalb etilgan alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning oʻqish motivatsiyasi, ijtimoiylashuv koʻnikmalari va bilimlarini rivojlantirishlari oʻqituvchilarga birdek koʻmakchi sifatida ota-onalarni xizmat qilishini taqazo etadi. Qachonki ota-onalar oilasida pedagogik-psixologik oʻquv muhitini tashkil qilar ekan shundagina inklyuziv taʼlimga jalb qilingan bolalar uchun maktab quvonch maskaniga aylanadi. Hurmatli ota-onalar oʻz farzandingiz uchun u borayotgan maktabni quvonch va hayot maktabiga aylantirishda ishtirok etmoqchimiz, unda ushbu metodik tavsiyani oʻrganing Quyida aytiladigan tavsiyalarni oilaviy tarbiya muhitida qoʻllashga harakat qiling.
Farzandlarimiz uchun zamonaviy ish joylarpi yaratish, ularning hayotda munosib oʻrin egallashini taʼminlashga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga koʻtarishni davrning oʻzi taqozo etmoqda. Biz yoshlarga doir davlat siyosatini xech oʻqimasdan, qatʼiyaat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustivor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajada koʻtaramiz. Yoshlarimiizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va maʼnaviy salohiyatga ega boʻlib, dunyo miqyosida oʻz tengdoshlariga xech qaysi sohada boʻsh kelmaydigan insonlar boʻlib kamol topishi, baxtli boʻlishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etishimiz lozim.
Barkamol inson, uning mehnati va turmushi, maʼnaviy taraqiyyoti haqida gʻamxoʻrlik davlatimizning ustivor masalaridan biridir. Ayniqsa, yordamga muxtoj, ruhan va jismonan zaif boʻlgan shaxslarning turmush tarzi, ularga maxsus taʼlim-tarbiya berish, kasbga yoʻnaltirish va ish bilan taʼminlash masalalariga hukumatimiz tomonidan katta eʼtibor qaratib kelinmoqda. Jamiyatimizda taʼlim sohasida tenglik, tolerantik va insonlararo yuksak madaniyat muhitini shakllantirishda inklyuziv taʼlim kirib kelmoqda.
Barcha bolalarning ehtiyojlarini har qanday ehtiyojlarini hisobga oladigan, huquq va qobiliyatlarini hurmat kiladigan, ijtimoiy adolat hamda tenglikka erishishni maqsad qilib olgan taʼlim tizimi inklyuziv taʼlim deyiladi.
Undan tashqari inklyuziv taʼlim – alohida taʼlim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarining xilma-xiligini hisobga olgan holda barcha taʼlim oluvchilar uchun taʼlim tashkilotlarida taʼlim olishga boʻlgan teng imkoniyatlarni taʼminlagan holda beriladigan taʼlimdir.
Inklyuziv taʼlim tizimini rivojlantirish: taʼlim olish uchun keng imkoniyatlarni taʼminlash hamda barcha bolalarning individual xususiyatlaridan, oldingi yutuqlaridan, tili, madaniyati, ota-onalarining ijtimoiy va iqtisodiy holatidan qatʼiy nazar taʼlimda muvafaqiyatga erishishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdir.
Inklyuziv taʼlim:
inklyuziv taʼlim sinfi – maktabdagi alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning boshqa (sogʻlom) bolalar bilan teng huquqli va birgalikdagmi taʼlim olishlari shaklida tashkil etilgan sinf;
boshlangʻich tayanch korreksion sinfi – maktabda alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun
Xurmatli ota-onalar!
Farzandingiz tengdoshlariga nisbatan rivojlanishida orqada ekanligiini xis kilyapsizmi?
Bunday hollarda farzandingizni tengdoshlariga nisbatan taqqoslar ekansiz qaygʻuga tushishingiz tabiiydir. Xatti-xarakatlaridan, oʻzini tutishidan tengdoshlariga nisbatan rivojlanishda orqada qolayotshanini sezsangiz yoki shubxalansangiz, eng qisqa vaqt ichida mutaxassisga uchrang.
Aloxida taʼlim extiyojlari boʻlgan farzandingizni jamiyatga moslashishida sizdan quyidagi asosiy vazifalar talab qilinadi:
Bugun biz sizlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida bir qancha oʻzimizning maslahatlarimizni berib oʻtmoqchimiz:
1. Avvalo shuni bilingka siz yolgʻiz emassiz;
2. Siz super qahramonsiz;
3. Farzandlaringiz bilan dam olish va birga oʻynash uchun vaqt ajrating;
4. Hazillasish, yaxshi kayfiyat tuygʻusi doimmo hamrohingiz boʻlsin;
5. Eng kichik yutuq va gʻalabani ham nishonlang;
6.Farzandingiz boshqalarga oʻxshamaganligi uchun hech qachon unga achinmang;
7. Farzandingizga mehr va eʻtiboringizni ayamang, lekin unutmangki, boshqa oila aʻzolari ham bor ular ham mehringizga muhtoj;
8. Bolani masʻuliyat va muammolardan himoya qilmang. U bilan birga barcha ishlarni hal qiling.
9. Tashqi koʻrinishingiz va xatti-harakatlaringizga eʻtiborli boʻling. Bola siz bilan faxrlanishi kerak;
10. Bola bilan tez-tez suhbatlashing. Esingizda boʻlsin, na televizor, na radio sizni oʻrningizni bosa olmaydi;
11. Bolani tengdoshlar bilan muloqot qilishda cheklamang;
12. Oʻqituvchilar va psixologlarga tez-tez maslahat olishda murojaat qiling;
13. Nogiron bolalar boʻlgan oilalar bilan muloqot qiling. Tajribangiz bilan boʻlishing va boshqalardan maslaxat va tajribalar qabul qiling;
14. Esingizda boʻlsin, bir kun bola ulgʻayadi va u oʻzi mustaqil yashashi kerak boʻladi. Uni kelajak hayotga tayyorlang, u haqida gaplashing.