Yangiliklar

Inklyuziv ta’lim amalda

Hozirgi kunda karlik muammosi tibbiyotda va ijtimoiy hayotda dolzarb muammoligicha qolyapti. JSST statistikasi bo‘yicha har 1000 nafar boladan 1-2 nafari karlik nuqsoni bilan tug‘iladi. Dunyo aholisining 5 foizdan ortig‘i eshitish qobiliyatini yo‘qotishdan aziyat chekmoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda har yili 700-800 nafardan ko‘p bola tug‘ma eshitish qobiliyatining pastligi va karlik bilan tug‘iladi, 1000dan ortiq kishiga orttirilgan karlik tashxisi qo‘yiladi. Lekin so‘nggi yillarda mamlakatimizda koxlear implantatsiya amaliyoti dasturini davlat tarafidan moliyalashtirish ko‘paytirildi. O‘zbekistonda 2019 yil holatiga 1000 dan ortiq koxlear implantini o‘rnatish operatsiyasi o‘tkazildi. Hozirgi kunda bunday nuqsonga ega bo‘lgan bolalar inklyuziv ta’limga jalb qilinganini quyidagi lavhalarda ko‘rishingiz mumkin. 

Namangan viloyati Pop tumani 65-umumiy o'rta ta'lim maktabi 1-a inklyuziv sinf o'quvchilari ishtirokida maxsus pedagog  Furqat Mirzayev mashg'ulotidan lavhalar. Maktabimizda 3 ta eshitishda nuqsoni bor o‘quvchilarimiz bor. Tashxisi ikki tomonlama sensonevral tangquloqlik. Bugungi “Sh harfini mustahkamlash” mavzusini o‘tdik. Bolalar bn nafas mashqi, artikulyatsion mashqlar, qo‘l matorikasiga oid mashg‘ulotlar olib borildi.

;