O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan “2022-2023 o‘quv yilida o‘tkaziladigan o‘quv-seminarlar jadvali” asosida umumta’lim muassasalari qoshida tashkil etilgan logopediya shoxobchalarida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchi-logopedlar uchun joriy yilning 25-noyabr kuni soat 15-00 da “Ovoz buzulishlari. Bolalar ovozini rivojlanishi, etiologiyasi, kelib chiqish sabablari, mexanizmi va tiklash metodikasi” mavzusida Toshkent davlat pedagogika universiteti, logopediya kafedrasi o‘qituvchisi
Sh. Aliyeva va “Nutq kamchiliklarining turlari va ularni bartaraf etish: o‘zbek tili tovushlari tasnifi”.“Dislaliya” mavzusida Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi 64-maktabning o‘qituvchi-logopedi K. Alimova ma’ruzalari asosida o‘quv-seminar tashkil etildi. O‘qituvchi-logopedlarga quyidagi ma’lumotlar berildi:
Ma’lumki, logopediyaning asosiy maqsadi turli xil nutq faoliyati: og‘zaki, yozma nutqdagi kamchiliklarni, mustaqil gapirish jarayonida, o‘yinlarda, o‘qishda, jamiyat ishlarida va hokazolardagi talaffuz nuqsonlarini bartaraf etish, to‘g‘rilash, yo‘qotishdir. Logopedik ta’sir o‘tkazish mohiyat e’tibori bilan olganda maxsus pedagogik sistemalar yordamida yangi ko‘nikmalarni tarbiyalash, notґg‘ri kґnikmalarni oldiniga bo‘g‘ib, keyin yo‘qotib yuborishdan iboratdir. Logopedik ta’sirning asosiy vositasi – talaffuz kamchiliklarini bartaraf etishning maxsus usullarini qo‘llash, ya’ni to‘g‘ri tuzilgan nutq mashqlari kompleksi va artikulyatsion gimnastikadan foydalanishdir.
Logopat bola to‘g‘ri talaffuz qila oladigan o‘xshash tovushni nutq apparati organlarining holatini tegishli asbob (shpatel, logopedik zondlar) yordamida o‘zgartiradi. Agar bolaga masalan, “k” tovushini to‘g‘ri talaffuz etishini o‘rgatmoqchi bo‘lsak biz unga ta – ta – ta kabi bo‘g‘inlarni takrorlash vazifasini beramiz. Bunda til uchi pastki tishlarga tegib turishi kerak. Bola shu bo‘g‘inlarni talaffuz etayotgan vaqtda logoped shpatel yoki zond yordamida til uchini asta bosib, tilni og‘iz ichkarirog‘iga itaradi. Bunda asta sekin ta – tya – kya – ka – ka kabi tovushlar chiqadi. Shuningdek “d” tovushining talaffuzidan foydalanib “g” tovushini, “s” tovushidan foydalanib “x” tovushi talaffuzini yo‘lga qo‘yish mumkin.
O‘quv-seminar ZOOM platformasi orqali onlayn tariqasida o‘tkazildi,
367 nafar o‘qituvchi-logopedlar hamda tuman xalq ta’limi bo‘limlari mas’ullari ishtirok etdilar.
O‘quv seminar yakunida pedagoglarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.