Yangiliklar

Daun sindromi bo‘lgan bolalar o‘qiy oladi va mehnat qilish huquqiga ham ega!

Ilmiy tadqiqotlarga ko‘ra, Daun sindromi bo‘lgan bolalar yengil va o‘rta darajada past diapazonda IQ (intellekt o‘lchovi) ga ega va boshqa bolalarga qaraganda sekinroq gapirishadi. Ammo bu ular o‘qiy olmaydi degani emas. Ta’lim olishga sindromning ta’siri odatda yengil va o‘rtacha darajada bo‘ladi. Muammo — har bir Daun sindromi bo‘lgan shaxsning ko‘plab kuchli qobiliyatlarini namoyon etishga individual shart-sharoitlar yetishmasligida.

Rivojlangan davlatlarda Daun sindromi bo‘lgan odamlar barcha qatori oddiy maktablarga boradilar, ishlaydilar, ularga taalluqli qarorlardni qabul qilishda qatnashadilar, oila quradilar, ovoz beradilar va jamiyatga ajoyib tarzda hissa qo‘shadilar.

Birinchidan, Daun sindromi bu "kasallik" emas, bu bola rivojlanishidagi oʻziga xoslik, genetik holat. Toʻg'ri bu sindrom aqliy qobiliyatlarga ta'sir qilishi mumkin, lekin ta'lim olish salohiyati xar bir bolada har xil darajada boʻlishi mumkin.


Ikkinchidan, barcha Daun sindromi boʻlgan bolalarni "aqlan zaif"ga chiqarish toʻg'ri emas. Chet el davlatlarida oliy ta'limni bitirgan Daun sindromi boʻlgan shaxslar yoʻq emas.

Masalan, Yevropada birinchi marta Daun sindromi bor ispaniyalik Pablo Pinedaning oliy ma'lumot olishiga, shuningdek, kino aktyori boʻlishiga toʻsqinlik qilgani yoʻq. U "Men ham" (2009) badiiy filmida bosh rolni oʻynagan. Pabloga oʻxshaganlar koʻp!

Uchinchidan, muammo bolalarning "sog'ligida" emas! Muammo - ongimizga singib ketgan salbiy va asossiz stereotiplarda va rivojlanishida oʻziga xos boʻlgan bolalarga munosib shart-sharoitlar yaratilmaganligida. Har bir bola uning holatidan qatʼiy nazar sifatli ta'lim olish huquqiga ega!

Jizzax  viloyati Paxtakor tumani 4-umumiy o’rta ta’lim maktabining 1-G inkulizv sinf o’quvchilarining dars mashg’ulotlaridan lavhalar

;