Yangiliklar

“XALQ TA’LIMI TIZIMIDA O‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISH ISHLARI: MUAMMO VA ULARNING YECHIMLAR” MAVZUSIDA XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA

                                                                                                                                                                     

“XALQ TA’LIMI TIZIMIDA O‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISH ISHLARI: MUAMMO VA ULARNING YECHIMLAR” MAVZUSIDA XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

AXBOROT XATI

(2022-yil 23-sentabr, Toshkent sh.)

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat-notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida Toshkent shahar muhandislik ta’limi assotsiatsiyasining “O‘quvchilarni kasbiy mahoratini, intellektual salohiyatini oshirish va kasbiy faoliyatga bo‘lgan qobiliyat va kompetensiyalarni shakllantirish” loyihasi doirasida O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi bilan hamkorlikda “Xalq ta’limi tizimida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari: muammo va ularning yechimlarimavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi tartibi: Konferensiya 2022-yil
23-sentabr
kuni soat 10:00 dan 15:00 gacha O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi binosida (Toshkent sh., Shayxontohur tumani, Navoiy ko‘chasi, 11-uy), shuningdek, ZOOM onlayn platformasi orqali o‘tkaziladi.

Konferensiya gibrid formatda (onlayn va offlayn) bo‘lib, unda mazkur yo‘nalish bo‘yicha dunyoning yetakchi mutaxassislari (doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar hamda magistrlar va bakalavrlar) ishtirok etadilar.

Ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchilarning ilmiy maqolalari quyidagi talablar asosida qabul qilinadi:

1. Ilmiy maqolalar konferensiyaning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan bo‘lishi, zamonaviy tadqiqot metodologiyasidan foydalangan holda olib borilgan, tugallangan g‘oyalarga asoslangan, tegishli taklif va tavsiyalar bilan o‘ziga xos ilmiy tadqiqot natijalarini o‘z ichiga olishi lozim.

2. Ilmiy maqolalar sohaning yetakchi mutaxassislari tomonidan kamida bitta taqriz bilan qabul qilinadi.

3. Ilmiy maqolalar matnlari A4 qog‘ozda yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm masofada tuziladi. Bir nusxada bajarilishi kerak. Maqola sarlavhasi bosh harflar bilan, 1,5 intervaldan keyin muallifning to‘liq ismi-sharifi, 1 intervaldan keyin tashkilot (ish yoki o‘qish joyi) va shahar nomi yoziladi. Keyin 1,5 intervalda bo'sh joy qoldiriladi va matn mazmuni bir-biridan 1,5 qator masofada yoziladi.

4. Maqolalarning qisqacha annotatsiyasi 6-8 qatordan oshmasligi kerak. Tadqiqot muammosi tavsiflanganda uning dolzarbligi, tadqiqot muammosini tushuntirishda foydalanilgan metodologiya, tadqiqot natijalari, maqolaning to'liq mazmuni uchun muallifning ilmiy va amaliy hissasi haqida qisqacha ma'lumot taqdim etiladi.

5. Kalit so‘zlar maqolaning mazmuni va maqsadini qisqacha tavsiflovchi so‘zlar (8-12 so‘z) bo‘lib, maqolada alohida ko‘rsatilishi kerak.

6. Maqolani tayyorlashda o‘rtada maqolaning mavzusi, ikki qator pastdan muallifning ismi, otasining ismini bosh harflari va familiyasi ilmiy darajasi va unvoni, ish joyining to‘liq nomi ko‘rsatilgandan so‘ng 1 interval tashlab yangi xat boshidan matn keltiriladi.

7. Matnning elektron nusxasi MS Word formatida, Times New Roman shriftida tayyorlanishi kerak, hajmi 14 kegel va kamida 3-4 sahifagacha. Maqolaning elektron nusxasi (*doc) va skanerlangan nusxasi (*pdf), taqriz imzosi bilan yuborish kerak.

8. Konferensiya materiallarini 2022-yil 15-sentabrgacha Toshkent shahar muhandislik ta’limi assotsiatsiyasiga (Toshkent sh., Olmazor tumani, Universitet koʻchasi, 2-uy) asengedu@rambler.ru hamda O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi (Toshkent sh., Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 6A-uy) tashxis_markazi@xtv.uz, tashxis@exat.uz elektron pochta manzillariga yuborish kerak. Ilg‘or g‘oyalarga ega bo‘lgan maqolalar konferensiya materiallari to‘plamida chop etiladi.

9. Maqolalar plagiatga qarshi dasturda tekshiriladi.

Maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi. Ingliz tilidagi maqolalarga ustunlik beriladi.

Maqolalar ilmiy tashkiliy ishchi guruhi tomonidan tanlanadi. Talablarga javob bermaydigan maqolalar to‘plamga kiritilmaydi va qo‘lyozma qaytarilmaydi.

Taqdim etilgan ma’lumotlar va ularning ilmiy-nazariy asoslanishi va maqolaning uslubiy jihatlari uchun muallif(lar) javobgardir.

;