Yangiliklar

Stressni oldini olish profilaktikasi

- Stressli vaziyatlarda hissiyotlar birinchi oʻringa chiqadi, oqilona fikrlash qobiliyati pasayadi. Stressni boshqarishning eng samarali jihatlaridan biri bu miyaga maʼlum bir aqliy vazifani bajarishga imkon berishdir. Masalan, ingliz tilidagi yigirmata soʻzni, "A" harfi bilan boshlanadigan ayollarning beshta ismini eslang, xonada qancha odam shim kiyganligini, shiftda qancha chiroq borligini yoki shunga oʻxshash narsalarni hisoblang, asosiysi miyaning aniq belgilangan vazifaga ega boʻlishi, siz bu vazifani uddasidan chiqa olishingiz lozim, lekin bu maʼlum miqdordagi aqliy kuchni talab qiladi.

- "Pozitiv" boʻlishga harakat qiling. Oʻzingizga shunday aqliy vazifa bering: "men oldimga qoʻygan vazifamni yaxshi bajara olaman" va hamma narsa salbiy va yomon boʻladi deb oʻylamang. "Bu qiyin ish, lekin men harakat qilaman va hammasi yaxshi boʻladi" formulasini koʻproq qoʻllang.

- Autotrening koʻnikmalaridan foydalaning: siz shunchaki boʻshashgan holatda oʻtirib, yoqimli musiqa tinglashingiz mumkin. Dam olishni oʻrganing.

- Qanday emotsional his-tuygʻularni bilasiz, eslang. Haqiqiy fikrlaringiz va his-tuygʻularingizni tan olishni oʻrganish ularni boshqarishga yordam beradi.

- Haqiqiy maqsadlarni qoʻyishni oʻrganing.

- Stressdan "foydalanishga" harakat qiling: agar sizni bezovta qilayotgan narsa bilan kurasha olmasangiz, ijodiy jarayonda shunchaki stressdan foydalaning.

- Mashq qilish stressni yengishga yordam beradi: yugurish, raqsga tushish, bogʻdorchilik stressni eng yaxshi dorilardir.

- Har doim tiniqib, oʻz vaqtida uxlang. Sogʻlom uyquning yetishmasligi stressga olib kelishi mumkin.

- Oʻz his-tuygʻularingizni chizing: his-tuygʻularimizni koʻrganimizda - biz ularni nazorat qila olamiz. Bundan tashqari, siz rasm bilan ishlashingiz, rasmni yanada ijobiy tomonga oʻzgartirishingiz yoki ijobiy tomonlarini qoʻshishingiz mumkin.

- Ovqatlanish ratsioningizga eʼtibor bering: banan, brokkoli, grechka, baliq, mayiz, xurmo tabiiy antidepressantlardir, stressli vaziyatlarda ularni taomnomangizga kiriting.

- Ochiqcha gapirishga harakat qiling. Eng yaxshisi - mutaxassis yoki bitta eng yaqin odam bilan. Agarda xech kim topilmasa, oʻzimingizga xat yozing, bu yanada yaxshi ish beradi.

- Dush yoki hammom qabul qiling. Suv taranglikni bartaraf etishga yordam beradi va sizni uygʻunlik holatiga keltiradi

;