Angren shahar 18-umumta’lim maktabi defektologi alohida ta’lim ehtiyojli o‘quvchilar bilan “3D loyihalashga ilk qadam” mavzusida mashg‘ulotlar olib bordi. Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarning aqliy, sensor va barmoqlar motorikasi qobilyatlarini rivojlantirish maqsadida qog‘oz va plastilindan foydalanib 3D shaklidagi manzarali buyumlar yasaldi.
Plastilindan o‘yinchoqlar yasash o‘z xarakteriga ko‘ra bir tomondan, rivojlangan sezgi va idrokni talab qilsa, ikkinchi tomondan uning o‘zi
sezgi va idrokni rivojlantiradi. Real olamdagi predmetlarni bilishda ko‘rish yetakchi hisoblanadi. Lekin bolalarda obrazlar shakllanishining dastlabki bosqichlarida sezish ko‘rish uchun tayanch bo‘ladi. I.M.Sechenov ta’kidlaganidek, qo‘llar predmetning shaklini ko‘zga nisbatan boshqacharoq va to‘liqroq aniqlaydi, chunki biz qo‘llarimiz kaftini predmetning doimo ko‘zdan ozroq yoki ko‘proq yashirin yon sirtlariga va mutlaqo ko‘z ilg‘amas orqa tomoni sirtiga qo‘yishimiz mumkin.
Mashg‘ulot so‘ngida alohida ta’lim ehtiyojli o‘quvchilar o‘zlari yasagan 3D shaklidagi manzarali buyumlardan zavq olishdi va ularning barmoqlar motorikasi qobilyatlari rivojlantirildi.