Yangiliklar

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari turlari

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari, ularning ixtisoslashuviga muvofiq quyidagi (I — VIII) turlarga bo‘linadi:

I — kar (eshitmaydigan) bolalar uchun maktab-internatlar;

II — zaif eshitadigan va keyinchalik kar bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar (1, 2-bo‘lim);

III — ko‘zi ojiz (ko‘r) bolalar uchun “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar;

IV — zaif ko‘radigan va keyinchalik ko‘r bo‘lgan bolalar uchun “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar;

V — nutqida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar;

VI — tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar;

VII — psixik rivojlanishi sust bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar;

VIII — aqli zaif bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab-internatlar.

Zarur hollarda I va II turlar, shuningdek, III va IV turlar aralash holdagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tashkil etilishi mumkin.

Aralash turdagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini tashkil etishda kar va zaif eshituvchi (keyinchalik kar bo‘lgan) bolalar, ko‘r va zaif ko‘ruvchi (keyinchalik ko‘r bo‘lgan) bolalar sinflari bo‘yicha ta’limni alohida olib borish majburiy shart hisoblanadi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari (maktab-internatlar) huzurida bolalarni maktabga tayyorlash maqsadida bir yil muddatli tayyorlov guruhlari tashkil etilishi mumkin.

Tayyorlov guruhlarida bolalarni o‘qitish maxsus o‘quv dasturlari asosida olib boriladi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quvchilar soni 250 nafardan oshmasligi kerak.

O‘quvchilar soni 250 nafardan oshishiga sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining o‘quvchilar bilan to‘ldirilish sig‘imidan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda vazirlikning roziligi asosida yo‘l qo‘yiladi.

 

;