Yangiliklar

Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning psixofizik xususiyatlari

Bolaning ruhiy rivojlanishi - bu turli xil atrof-muhit omillari ta’siri ostida amalga oshiriladigan yuqori aqliy funksiyalarning ketma-ket yetuklashuvining murakkab, genetik jihatdan aniqlangan jarayonidir. Asosiy aqliy funktsiyalarga quyidagilar kiradi: gnozis (tan olish, idrok etish), praksis (maqsadli harakatlar), nutq, xotira, o‘qish, yozish, hisoblash, diqqat, fikrlash (analitik va sintetik faoliyat, taqqoslash va tasniflash, umumlashtirish qobiliyati), his-tuyg‘ular, hissiyotlar, iroda, xulq-atvor, o‘z-o‘zini hurmat qilish va boshqalar.

Bunday bolalarning bilish faoliyati– intellekti mantiqiy tafakkuri, idroki, xotirasi,ixtiyoriy diqqati, ish qobiliyati va boshqa xislatlariga birinchi o‘rinda markaziy nerv sistemasining kasalliklari natijasida ruhiy rivojlanishi sustlashadi. Bunday bolalarda hissiyot, iroda sferasidagi kamchiliklar birlamchi, aqliy zaiflik esa ikkilamchi hodisa bo‘lib hisoblanadi.

Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar aqliy darajasi jihatidan asosan ikki guruhga bo‘linadi:

1.Yengil nuqsoni bor bolalar – bular maxsus sharoitda 1 - 3 yil ta’lim - tarbiya olganlaridan keyin o‘qishni sog‘lom tengdoshlariga yetkazib olishlari mumkin.

2.Ruhiy rivojlanishida sezilarli darajada orqada qolgan bolalar – bunday bolalar maktab dasturini sog‘lom tengdoshlari qatori o‘zlashtira olmaydi. Ta’limda turli qiyinchiliklarga duch kelishadi.

Dastur materiallarini yaxshi o‘zlashtira olmaganligi tufayli ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar doim muvaffaqiyatsizliklarga uchrayveradi, bu narsa ularning xulq-atvorida aksariyat turli salbiy xislatlar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.

Olimlardan K.S.Lebedinskaya, G.P.Berto‘n, E.M.Dunayeva va boshqalar ruhan sust rivojlanganlikni klinik-psixologik jihatdan quyidagi xillarga bo‘lishni tavsiya etadilar:

1) konstitutsional;

2) somatogen;

3) psixogen;

4)serebral shakli.

;