Yangiliklar

Ota-onalar uchun oʻnta maslahat.

  1. Farzandingiz bilan muntazam ravishda oʻynang, oʻyin yoʻnalishlarini tanlang, bir oʻyinni tugatmasdan ikkinchisiga oʻtmang.
  2. Farzandingiz oʻzini yaxshi his qilmasa yoki faol ravishda oʻynashdan bosh tortsa, u bilan oʻynashni to‘xtating.
  3. Bolaning sevimli yoki oson oʻyinlari bilan oʻynashni boshlang. Bu bolaning oʻziga ishonchini oshirsdi.
  4. Xotirjam va asabiylashmasdan farzandingizning qiyinchiliklari va muvaffaqiyatsizliklariga to‘g‘ri munosabatda boʻling.
  5. Bolangiz muvaffaqiyatsizligini tanqid qilmang va ommani oldida  uyaltirmang.
  6. Aniq boʻlmagan yoki noqulay vaziyatlarda sabr bilan toʻgʻri tushuntiring.
  7. Bolangiz qiyinchilik va muvaffaqiyatsizlikka uchragan vaqtda uni raatlantiring va qoʻllab-quvvatlang.
  8. Bolangizni har bir oʻyin davomida maqtash uchun biror sabab oʻylab toping.
  9. Farzandingiz bilan bir xil yoki qiyin oʻyinlarni oʻynamang. Bunday vaziyatlarda oddiyroq oʻyinlarni oʻynaganingiz maʼqul.
  10. Bolaning faqat zaif tomonlarini emas, balki kuchli tomonlarini ham koʻrishni oʻrganing. Farzandingizga oʻzining kuchli tomonlari koʻra olishga imkon beradigan tarzda oʻynang.

Ota-onalar va tarbiyachilar  uchun eslatma.

• Ajoyib! Toʻgʻri! Yaxshi! Aʼlo! Mutlaqo!  AqlligimBarakalla! Zoʻr! Yashavor!

• Sen buni juda yaxshi bajarasan. Sen buni uddalaysan! Bugun harakatlaring ancha yaxshi! Men buni uddalay olishingni bilardim! Sendan  juda xursand boʻldim!

• Bu judayam yaxshi! Bu har doimgidan ham yaxshiroq! Shunday davom et! Sen buni uddalay olasan! Men senga ishonaman!

• Tabriklayman! Hamma tabriklarim sen uchun! Men sen bilan faxrlanaman! Bu sening gʻalabang! Sendan juda xursandman!

• Men senga ishonaman, sen har doim hozirgidan ham aʼlo darajada bajargansan! Men buni yaxshi bilaman! Sen  hozir toʻgʻri yoʻldasan! Sen juda tez oʻrganasan!

• Sen yaxshisan! Sen bebahosan! Sen yagonasan!

 

 "Oiladagi bolaning xatti-harakatlaridagi qiyinchiliklarni qanday yengish mumkin?"

Maktabgacha yoshdagi bolalarning xatti-harakatlarini psixologik va pedagogik tuzatish jarayonida ota-onalarning faol ishtiroki va yordamisiz muvaffaqiyatga erishib boʻlmaydi. Ota-onalarning bolaga munosabati uning individual shaxsiy xususiyatlari va xulq-atvorini shakllantirish hamda rivojlantirishning muhim omillaridan biridir.

Ota-ona, aka-uka va opa-singillar bilan muloqotda boʻlgan bola jamiyatga munosabatni oʻrganadi, oilasi qanday fikrda boʻlsa, shunday fikrlaydi va gapiradi. U oʻz oilasining baʼzi sifatlarini ongli ravishda qabul qilmasligi mumkin, lekin ongsiz ravishda u oilaga xos boʻlgan xatti-harakatlar, nutq va harakter xususiyatlarini oʻzlashtirib boradi. Bularning barchasi: turmush tarzi, xususiyatlar, harakatlar va koʻnikmalarning noyob kombinatsiyasi - birgalikda bolaning hayotiy maqsadlariga  erishish yoʻlini belgilaydi.

Maktabgacha taʼlim pedagog-xodimlari ota-onalar bilan (treninglar, seminarlar, ota-onalar yigʻilishlar o‘tkazish orqali) bolalarning xulq-atvoridagi muammolarni bartaraf etish va bola-ota-ona munosabatlarini uygʻunlashtirish boʻyicha oʻzaro muloqotda boʻlganda, pedagoglik faoliyatida eslatmalar, tavsiyalar va  yoki taqdimotlardan foydalanish tavsiya etiladi.

Ota-onalar uchun eslatma

Bolaning xatti-harakatlaridagi qiyinchiliklarni qanday yengish mumkin?

1. Qoidalarni belgilang. Qoidalar toʻgʻri va aniq koʻrsatilishi kerak (masalan, har bir kishi ovqatdan oldin qoʻllarini yuvishi, oʻyinchoqlarni tartibga keltirib qoʻyishi kerak). Qoidalar izchil (davomiy, ketma-ket) kiritilishi kerak. Ular bolaning rivojlanish darajasi va yoshiga mos kelishi kerak.

2. Nizolardan qoching. Albatta, agar bola oʻzini yomon tutsa, unga qattiq taʼsir kerak. Biroq, siz koʻp nizolarni oldindan bilib olishingiz va buni oldini olishingiz mumkin. Agar siz zararli va xavfli buyumlarni boladan uzoqroqqa yoki u yeta olmaydigan joyga qoʻysangiz, unga kun boʻyi: "Tegma, uni joyiga qoʻy" deyishning hojati yoʻq. Taʼkidlash kerakki, baʼzida siz oʻzingiz ziddiyatli vaziyatlarni yaratasiz, masalan, bola ovqat yeyishni rad qilganda. Bolaning  nazarida u oʻz xohish-istaklariga ega boʻlishga xaqli deb uylaydi. Bolaga buni taʼqiqlash esa uning faqat qarshiligini oshiradi. Eng yaxshisi, bolangiz yaxshi ovqatlansa uni maqtash, agar u ovqatlanishdan bosh tortsa  jahl bilan emas sekin – asta muloyimlik bilan tushuntirish kerak.

3. Farzandingizning xatti-harakatlarini muhokama qiling. Masalan, ayting: “Senda uydagi buyumlaringni (oʻyinchoqlar) irgʻitib tashlash odati bor. Men ularni ustidan bosib oʻtishim kerak. Biz bu vaqtda nima qilshimiz kerak? Balki narsalaringni (oʻyinchoqlar) tartibga keltirishga yordam berarsan?

4. Taym-autlardan foydalaning. Taym-aut - bu ruhiy jarohatlar yetkazmasdan  bolangizning salbiy harakatlarini cheklashning ajoyib usuli. Bu bolaga ham, sizga ham tinchlanish va nizolardan uzoqlashish imkoniyatini beradi. Vaziyat ogʻirlashganda bolani tinchlantiradigan, dam oladigan va hotirjam oʻylanib o‘tiradigan stul yoki kresloni ("sokin stul", "sokin kreslo") tanlang.

Bolani aybi uchun jazolash vaqtida oʻynashi mumkin boʻlgan har xil oʻyinchoqlar va qiziqarli buyumlar bilan toʻla boʻlgan "vaqt-aut" uchun xonadan foydalanmang. Uning harakati va "vaqt tugashi" oʻrtasidagi bogʻliqlikni tushunishi uchun darhol harakat qilish kerak. Oʻylash vaqti - 3 daqiqa. Tanaffusdan keyin bola oʻyinga qaytadi. Siz uni endi tanqid qilmasligingiz yoki har qanday holatda voqeani eslatmasligingiz kerak.

5. Farzandingizni tartibga chaqirganda his-tuygʻularga berilmang, nasixat qilmang va muhokama qilmang. Masalan: Aziza, men seni muhokama qilmoqchi emasman. Boshqa bolalarni urish yaxshi emas, hozir oʻz xatti-harakatlaring haqida oʻylab ko’rgiishingni xohlayman. Shuning uchun bir oz vaqt "sokin stulda" oʻtirgin."

Bolalar har bir harakatning oqibati borligini bilishlari kerak. Yaxshi ishlar - maqtov, maʼqullash, yomon ishlar – jazo bilan baholanish lozimligini tushunishi kerak. Agar bola baqirsa va oʻzini yomon tutsa, siz "sokin stulda" oʻtkaziladigan vaqtni uzaytirishingiz mumkin (lekin 6-7 daqiqadan oshmasligi kerak). Jazo muddati tugagach, boladan nima uchun "sokin stulda" oʻtirganligini tushunganmi yoki yoʻqligini soʻrashni unutmang.

6. Farzandingizni maqtang. Maqtov - bu sizning fikrlaringizni unga yetkazishdir. Bolaga aynan nima uchun maqtalganini bilish foydalidir. "Sen yaxshi bolasan" degandan koʻra, "Menga sening oʻyinchoqlaringni baham koʻrganing yoqadi" deb aytish yaxshiroqdir. Maqtov bolaning oʻziga bo‘lgan ishonch hissini rivojlantiradi. Oʻziga ishongan bola tanqidni oson qabul qiladi, chunki berilgan tanqid va sharh uning shaxsiyatiga emas, balki uning xatti-harakati bilan bogʻliqligini tushunadi.

7. Xulq-atvoringizni kuzatib boring va yaxshi naʼmuna koʻrsating. Bolalar juda kuzatuvchan va ota-onalarining xatti-harakatlarini takrorlaydilar. Agar siz unga baqirsangiz, bolangiz ham shunday qiladi. U sizdan eshitgan soʻzlarni takrorlaydi va xatti-harakatlaringizga taqlid qiladi. Maktabgacha yoshdagi  tarbiyachi-pedagog uchun eng muhimi ota-onalar, shuning uchun ularning har bir harakatlari va olib borayotgan hamma ishlari toʻgʻri ekanligiga ishonishadi.

8. Farzandingiz bilan tez-tez oʻynang. Oʻyin ishonchli munosabatlarni mustahkamlaydi, bolangizni maʼnaviy yetuk va ruhan sog‘lom, kamchiliksiz toʻgʻri rivojlanishga va uni yaxshiroq tushunishga imkon beradi. Farzandingizni  seving, har bir kichik yutug‘i uchun maqtang, ragʻbatlantiring va natijasini sezilarli darajada koʻrasiz.

;