Joriy yilning 29 may kunida 2025-yilning yoz mavsumida “Yoz – o‘tmoqda soz” dasturi doirasida Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida psixologik xizmat ishlarini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan amaliy-seminar tadbiri tashkil etildi.
Mavzular quyidagicha yoritildi:
“Emotsiya, emotsional intellekt – tushunchasi”
Bolalarda emotsiyalarni anglash, boshqarish va empatiya shakllantirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tildi.
“IQ uchun zarur bo‘lgan jihatlar”
Aqliy rivojlanishning muhim komponentlari – xotira, tafakkur, diqqat va muammo yechish ko‘nikmalarining ahamiyati tushuntirildi.
Seminar davomida interaktiv metodlar, o‘yin shaklidagi mashg‘ulotlar hamda psixologik tavsiyalar taqdim etildi. Ishtirokchilar tomonidan faol fikr almashinuvi va tajriba asosida muhokamalar olib borildi.