Yangiliklar

“O‘quvchi-qizlarning nuqsoni tufayli pedagog xodimlar, o‘quvchilar va ularning ota-onalari tomonidan turli kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik”, inklyuziv ta’limning huquqiy asoslari va hujjatlarning yuritilish tartibi mavzusida o‘quv seminar o‘tkazildi.

Joriy yilning 15-sentabr kuni Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlaridagi Bolalarni ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash markazi metodistlari, umumta’lim maktablarida tashkil etilgan inklyuziv va boshlang‘ich tayanch korreksion sinf o‘qituvchilari uchun “O‘quvchi-qizlarning nuqsoni tufayli pedagog xodimlar, o‘quvchilar va ularning ota-onalari tomonidan turli kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik”, inklyuziv ta’limning huquqiy asoslari va hujjatlarning yuritilish tartibi mavzusida o‘quv seminar o‘tkazildi. Seminarda umumiy 645 nafar tinglovchilar ishtirok etishdi.

2022/2023-o‘quv yilida inklyuziv va boshlang‘ich tayanch korreksion sinf o‘qituvchilari ish faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish, turli xil kamsitishlarni oldini olish yuzasidan tavsiyalar berildi. Tinglovchilar tomonidan berilgan barcha savollarga javob berildi.

;