Yangiliklar

“Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixodiagnostikasi”

RESPUBLIKA TASHXIS MARKAZI TOMONIDAN INKLYUZIV TA’LIM KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN O‘QUV SEMINAR TASHKIL ETILDI

2026-yil 14-yanvar kuni Respublika tashxis markazi tomonidan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog xodimlari uchun inklyuziv ta’lim sohasida kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan o‘quv seminari tashkil etildi.

Mazkur seminar maktabgacha ta’lim tizimida inklyuziv yondashuvlarni samarali joriy etish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni erta aniqlash va ularning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashda pedagoglarning kompetensiyalarini oshirish maqsadini ko‘zladi.

Seminar doirasida F. Inogamova tomonidan
“Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixodiagnostikasi”
mavzusida mazmunli va ilmiy-amaliy ahamiyatga ega ma’ruza taqdim etildi.

Ma’ruzada quyidagi masalalar keng yoritildi:

  • maktabgacha yoshdagi bolalarda psixik rivojlanish xususiyatlari;
  • bolalarning individual rivojlanish darajasini aniqlashda psixodiagnostikaning o‘rni va ahamiyati;
  • alohida ta’lim ehtiyojlarini erta aniqlash mezonlari;
  • kuzatuv, suhbat va diagnostik metodlardan samarali foydalanish yo‘llari;
  • psixodiagnostika natijalari asosida inklyuziv ta’lim jarayonini rejalashtirish.

Shuningdek, ma’ruzada bolalarning psixologik holatini baholashda pedagog va mutaxassislarning o‘zaro hamkorligi muhimligi alohida ta’kidlandi.

O‘quv seminarda 300 nafardan ziyod maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari, pedagoglar hamda mutaxassislar ishtirok etdi. Seminar pedagoglar uchun nazariy bilimlarni chuqurlashtirish bilan bir qatorda, kundalik faoliyatda qo‘llash mumkin bo‘lgan amaliy tavsiyalar bilan boyitildi.

Mazkur o‘quv seminar:

  • pedagoglarning inklyuziv ta’lim bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash;
  • maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishini erta aniqlash va qo‘llab-quvvatlash;
  • ta’lim jarayonida individual yondashuvni kuchaytirish;
  • inklyuziv ta’lim sifatini oshirishga xizmat qildi.

;