O‘qituvchi-logopedlar uchun navbatdagi o‘quv-seminar
2026-yil 22-yanvar kuni markaz tomonidan tasdiqlangan grafik-reja asosida umumta’lim maktablari qoshida tashkil etilgan logopediya shoxobchalarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchi-logopedlar uchun navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi.
Mazkur o‘quv-seminar ko‘p tilli ta’lim muhitida logopedik xizmatni yanada takomillashtirish, turli tillarda ta’lim olayotgan o‘quvchilar bilan ishlashda fonetik va psixolingvistik yondashuvlarni chuqurlashtirish hamda o‘qituvchi-logopedlarning nazariy va amaliy bilimlarini boyitishga qaratildi.

O‘quv-seminar davomida quyidagi mutaxassislar tomonidan dolzarb va ilmiy-amaliy ahamiyatga ega ma’ruzalar tinglandi:
Seminar jarayoni va muhokamalar
Noan’anaviy tarzda tashkil etilgan o‘quv-seminar davomida nazariy bilimlar amaliy misollar va real holatlar bilan boyitildi. Seminarning yakuniy qismida tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha va asosli javoblar berilib, logopedik faoliyatda uchraydigan muammolar yuzasidan metodik tavsiyalar taqdim etildi.
Ishtirokchilar
Mazkur o‘quv-seminarda respublikaning turli hududlaridagi umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan 700 nafarga yaqin o‘qituvchi-logopedlar ishtirok etdi. Keng qamrovli ishtirok seminar mavzularining dolzarbligini va logopedik xizmatga bo‘lgan ehtiyoj yuqoriligini ko‘rsatdi.

Seminar ahamiyati
Ushbu o‘quv-seminar:
yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.