Bu esa barcha bolalar, jumladan nogironligi bo‘lgan bolalar uchun ham sifatli va teng ta’lim olish imkoniyatini yaratishni anglatadi.
Inklyuziv ta’limni muvaffaqiyatli joriy etish nafaqat ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarni, balki jamiyatdagi qarashlar, munosabatlar va xulq-atvorning ham ijobiy tomonga o‘zgarishini talab qiladi. Shu sababli o‘qituvchilar, ota-onalar (jumladan nogironligi bo‘lgan bolalar ota-onalari) hamda keng jamoatchilik o‘rtasida inklyuziv ta’limning mazmuni va ahamiyati haqida tushunchani mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi.
.jpg)
Ayni paytda validatsion ishchi guruh ishtirokchilari o‘tkazilgan tadqiqot natijalarini tahlil qilib, inklyuziv ta’limni rivojlantirish yo‘lida ijtimoiy va xulq-atvoriy o‘zgarishlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash ustida ish olib bormoqda.
Mazkur jarayonning asosiy maqsadi – jamiyatda inklyuziv ta’limga nisbatan to‘g‘ri tushuncha va ijobiy munosabatni shakllantirish, ta’lim jarayonida barcha bolalarning teng ishtirokini ta’minlash hamda inklyuziv ta’limni amaliyotga yanada kengroq tatbiq etishdan iborat.

Bu tashabbuslar orqali har bir bola, uning imkoniyatlaridan qat’i nazar, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi va sifatli ta’lim olishi uchun qulay muhit yaratish ko‘zda tutilgan.