Yangiliklar

“Hayot goʻzal – yashash uchun 1001 sabab” aksiyasi doirasida pedagoglar bilan motivatsion uchrashuv tashkil etildi

  Respublika miqyosida umumta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan “Hayot goʻzal – yashash uchun 1001 sabab” aksiyasi doirasida pedagog xodimlar uchun ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi kutib olish jarayoni tashkil etilib, tadbir maktab psixologlari tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda.

    Uchrashuvning asosiy g‘oyasi – pedagoglarning kasbiy faoliyati jarayonida ruhiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, ularda hayotga va kasbga nisbatan ijobiy munosabatni mustahkamlashdan iborat bo‘ladi. Ish kuni boshida tashkil etilgan ushbu samimiy muhit o‘qituvchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi hamda jamoada o‘zaro hurmat va birdamlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

   Tadbir davomida hayot qadri, shaxsiy farovonlik, emotsional barqarorlik va kasbiy motivatsiya masalalariga alohida e’tibor qaratilib, pedagoglarga qisqa psixologik tavsiyalar berilib, kundalik ish jarayonida ruhiy zo‘riqishning oldini olish, ijobiy fikrlashni shakllantirish va o‘z salomatligiga mas’uliyat bilan yondashish zarurligi ta’kidlanadi.

   Aksiya quyidagi maqsadlarni ko‘zladi:

  • ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarida hayot qadriyatlariga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish;
  • pedagog xodimlarning ruhiy salomatligini qo‘llab-quvvatlash;
  • jamoada sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni mustahkamlash;
  • kasbiy faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi ichki motivatsiyani rag‘batlantirish.

   Mazkur tadbir pedagoglarning kunni ijobiy ruhda boshlashiga, o‘z kasbiga nisbatan faxr va mas’uliyat hissini yanada kuchaytirishga xizmat qildi. Bunday ma’naviy-ma’rifiy tashabbuslar ta’lim muassasasida sog‘lom psixologik muhitni shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

;