Yangiliklar

Namangan viloyati To`raqo`rg`on tumanida psixologlar uchun seminar-trening tashkil etildi.

Joriy yilning 10-mart kuni Namangan viloyati To`raqo`rg`on tumanidagi 7-umumiy oʻrta talim   maktabida   amaliyotchi psixologlar uchun "Bolalarga nisbatan zo'ravonlik holatlarining oldini olish va ularga qarshi kurashish bo'yicha ta'lim muassasalari hodimlarining vazifalari" mavzusi bo’yicha seminar-trening oʻtkazildi.

Mashgʻulotlarda zoʻravonlik tushunchasi, bolalarga nisbatan zoʻravonlikning shakllari, taʼlim muassasasi xodimlarining zoʻravonlik holatlarini oldini olish va ularga javob berish jarayonida hamkorlikda amalga oshiradigan vazifalari, taʼlim muassasalarida zoʻravonlik holatlarini aniqlash va ularga javob berish boʻyicha tushunchalarni kengaytirish xususida batafsil toʻxtalib oʻtildi.

Shuningdek, mazkur jarayonda mutaxassislarda amaliy koʻnikmalarni yanada rivojlantirish maqsadida zoʻravonlik turlari boʻyicha rolli-oʻyinlar hamda mavzuga oid roliklardan foydalanildi.

;