Yangiliklar

Toshkent shahri umumtaʼlim muassasalarining psixologlari uchun oʻquv-seminar mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda

2023 yil 27 mart kuni Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazining 2023 yilga moʻljallangan strategik rejalasida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent shahrida oʻtkazilayotgan oʻquv seminar mashgʻulotlarining birinchi kuni yakuniga yetdi.

Chilonzor tumani 163-maktabda  umumta'lim muassasalarining 70 nafar psixologlari uchun "Psixoaktiv moddalarga qaramlikning oldini olish uchun "Biz harakatlarimiz uchun javobgarmiz" mavzusida oʻquv amaliy mashgʻulotlarini oʻtkazishga moʻljallangan Dasturi" asosida hamda “Maktablarda oʻz joniga qasd qilish haqida xabardorlik, oʻz joniga qasd qilishni oldini olish, aralashuv va undan keyingi chora-tadbirlar boʻyicha koʻrsatmalar” mavzularida shuningdek, Olmazor tumani 224-maktabda 50 nafar psixologlar uchun “Bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlarining oldini olish va ularga qarshi kurashish boʻyicha taʼlim muassasalari xodimlarining vazifalari”  mavzusida seminar-trening mashg'ulotlari o'tkazildi.

Mashgʻulotlarda "Biz harakatlarimiz uchun javobgarmiz" mavzusida oʻquv amaliy mashgʻulotlarini oʻtkazishga moʻljallangan Dasturi"ning pasporti, maqsad va vazifalari, profilaktik tadbirlarning samaradorligi, oʻz joniga qasd qilish uchun  ogohlantirish belgilari va mazkur jarayonni kuchaytiruvchi omillar, ota-onalarni oʻqitish va oʻz joniga qasd qilishning oldini olishda ishtirok etish shuningdek, bolalarga nisbatan zoʻravonlikning shakllari, taʼlim muassasasi xodimlarining zoʻravonlik holatlarining oldini olish va ularga javob berish jarayonida hamkorlikda amalga oshiradigan vazifalari xususida batafsil toʻxtalib oʻtildi.

Shuningdek, mazkur jarayonda mutaxassislarda amaliy koʻnikmalarni yanada rivojlantirish maqsadida faollashtiruvchi mashqlar va rolli-oʻyinlardan foydalanildi.

Trener sifatida oʻqitilgan psixologlar tomonidan kelgusida mazkur jarayonlar Toshkent shahri boʻylab davom ettiriladi.

;