Yangiliklar

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida turli zo‘ravonlik ko‘rinishlari oldini olish

 

Joriy yilning Toshkent viloyati Piskent tumanida 23-may kuni 17-Davlat maktabgacha talim tashkilotida O‘quvchilarning kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi  maktabgacha ta’lim tashkilotida psixologik xizmat ishlarini muvofiqlashtirish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan o‘quv-seminar natijasida maktabgacha ta’lim tashkilotlari psixologlari hamda tarbiyachilari uchun “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida turli zo‘ravonlik ko‘rinishlari  oldini olish”, “Maktabgacha ta’lim tizimida tarbiyalanuvchilarning psixologik salomatligini muhofaza qilish”, “Maktabgacha ta’lim tizimida tarbiyalanuvchilarning barqaror ijtimoiy va intellektual rivojlanishini ta’minlash” mavzularida o‘quv amaliy seminar-trening tashkil etildi.

O‘quv-seminarda psixologlarga maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik salomatligiga erishish uchun tarbiyachilar oldida turgan vazifalar, bolalarni ijtimoiy va xulq-atvoridagi komponentlari, ularni jismonan baquvvat, ruhan sog‘lom qilib tarbiyalashda psixologlarning o‘rni, tarbiyalanuvchilarning psixologik salomatligini muhofaza qilish tadbirlarining maqsad va vazifalari, tarbiyalanuvchilarning psixologik salomatligini muhofaza qilish tadbirlarni amalga oshirish va o‘tkazishning faol usullari hamda MTT psixologining vazifalari xususida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

;