Yangiliklar

O‘quvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos bo‘lgan dasturlar joriy etiladi

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1–4-sinflarida o‘quvchilarga boshlang‘ich, 5–9-sinflarda tayanch hamda 10–11-sinf o‘quvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos bo‘lgan ixtisoslashgan bilimlarni berishga yo‘naltirilgan dastur va o‘quv-metodik majmualar joriy etiladi;

O‘quvchilar bilimini baholashning yangi tartibi joriy etiladi va uning doirasida o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning o‘tilgan mavzuni amaliyotda qo‘llay bilish, tanqidiy fikrlash va berilgan materialni tahlil qila olish kabi ko‘nikmalari baholanadi;

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilariga 1-sinfdan boshlab kompyuter savodxonligi o‘rgatiladi, yuqori sinflarda esa ularning moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan darslar joriy etiladi;

Barcha fanlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ulushi 60 foizga yetkaziladi. Bunda, darslardagi mavzular aniq muammoni hal qilish orqali o‘rgatiladi, amaliyot darslari esa loyihani bajarish shaklida o‘tkaziladi.

;