Yangiliklar

Voyaga yetmaganlar o'rtasida erta tug'ruqni oldinini olish

Joriy yilning 22-23 may kunlari Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi mutaxassislari tomonidan Buxoro viloyati umumta'lim maktablarida faoliyat olib borayotgan 150 nafar psixologlar uchun:

 "Voyaga yetmaganlar o'rtasida erta tug'ruqni oldinini olish" profilaktikasi hamda "Bolalarga nisbatan zo'ravonlik holatlarining oldini olish va ularga qarshi kurashish bo'yicha ta'lim muassasasi xodimlarining vazifalari" mavzularida o'quv-amaliy seminar-trening mashg'ulotlari o'tkazildi.

  Mashgʻulotlarda voyaga yetmaganlar o'rtasida erta tug'ruqni oldini olish, shuningdek, bolalarga nisbatan zo'ravonlik holatlarining oldini olish va ularga qarshi kurashish bo'yicha ta'lim muassasasi xodimlarining vazifalari bo'yicha trener psixologlarning bilim, malaka, ko'nikmalari oshirildi hamda amaliyotda foydalanish bo'yicha tavsiyalar berildi.

;